Siyosat

Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashida qanday takliflar bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON
Shavkat Mirziyoyev vыstupil na 46-y sessii Soveta po pravam cheloveka OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2021
Oʻzbekiston prezidenti BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida nutq soʻzlab, qator takliflarni ilgari surdi.
TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasida nutq soʻzladi.
Mirziyoyevning soʻzlariga koʻra, demokratik islohotlar yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga qaratilgan boʻlib, bu oʻzgarishlar ortga qaytmaydigan tus olgan. BMT “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun Kengash aʼzolari, barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.
Vыstupleniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi yigʻilishida nutq soʻzlaydi
Mirziyoyev insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash Oʻzbekistondagi islohotlarda eng muhim oʻrinda turishini qayd etdi.
2030 yilgacha moʻljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Gender siyosati masalalari borasida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar qatʼiy davom ettiriladi.
Joriy yilda Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Oʻzbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.
Situatsiya posle vыborov prezidenta v Respublike Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2020
Jamiyat
Yangi Oʻzbekiston va Inson huquqlari
2021 yilda, yaʼni Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yilida Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinadi.
Aholining yarmidan koʻpini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston BMT shafeligida Yoshlar huquqlari boʻyicha butunjahon konferentsiyasini oʻtkazish; BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining oʻninchi forumida Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya loyihasini taqdim etish; yoshlar huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachi institutini taʼsis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Respublika bundan buyon ham fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish, soʻz erkinligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni qatʼiy maqsad qilgan.
Shu asnoda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida kodekslar ishlab chiqilmoqda.
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish doirasida Oʻzbekistonda odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid boʻlgan qiynoqlarning har qanday koʻrinishiga bundan buyon ham mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston qiynoqlarga qarshi konventsiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qiladi.
Shuningdek, mamlakat Osiyo qitʼasining inson huquqlari boʻyicha mintaqaviy mexanizmini muntazam faoliyat koʻrsatadigan platforma – Samarqand forumi negizida yaratish borasida koʻmak berishga tayyor.
Mirziyoyev bildirgan takliflar:
  • imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzish;
  • “Inson huquqlari sohasida taʼlim” deklaratsiyasining 10 yilligiga bagʻishlab Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum oʻtkazish;
  • Inson huquqlari boʻyicha kengashga Sudyalar kengashlari faoliyatining universal printsiplarini ishlab chiqish masalasini koʻrib chiqish;
Shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Mishel Bachelet mamlakatga taklif qilindi.
“Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum eʼtirof etilgan printsip va normalarini qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi”, - dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala