Uysiz qolgan yosh qizni fohishalikka undagan ayol hibsga olindi

CC0 / pixabay / Devushka v pole
Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
Ayol 19 yoshli tanishini Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kunga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Navoiy viloyatida boshpanasiz qolgan qizga yordam ko‘rsatish maqsadida uni fohishalikka majburlagan ayolning kirdikori fosh etildi.
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo‘natgan ayol qo‘lga tushdi
Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.O‘.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalangan. Uni uyiga olib kelib, birga yashashni taklif qilgan. Keyin qizning pasportini olib qo‘yib, o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirgan. Moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.
Ayol qizni Navoiy shahridagi “Gumbaz” kafesida shartli mijozga 400 ming so‘mga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida qo‘lga olingan. 
Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi unga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Ayol hibsga olingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0