Qor va yomg‘ir: o‘zbekistonliklarni sovuq ob-havo kutmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishZima
Zima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda. Ayrim joylardi harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha pasayadi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. 23-26 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.
Vesna v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
O‘zgidromet ob-havo keskin o‘zgarishi haqida ogohlantirdi
23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. 24-fevralda og‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23-fevralda og‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24-fevralda og‘ingarchilik kutilmaydi. 
24-25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.
23-25 fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0