Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Ekspertlar Oʻzbekiston qay tarzda JSTga aʼzo boʻlishini aytishdi — bunda YEOII yordam beradi

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Fotobankka oʻtishEmblema Vsemirnoy torgovoy organizatsii (VTO) vozle zdaniya shtab-kvartirы organizatsii v Jeneve
Emblema Vsemirnoy torgovoy organizatsii (VTO) vozle zdaniya shtab-kvartirы organizatsii v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.02.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.
TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi respublikaga Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonida yordam beradi.
Logotip VTO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
Dunyoda
Ayol kishi ilk bor JSTga rahbar etib tayinlandi
Janubiy Koreyaning tashqi savdo masalalari boʻyicha ekspertlari va mutaxassislari shunday fikrdalar.
"YEOII qoshida kuzatuvchi maqomini olish JST doirasida tarif siyosati boʻyicha sheriklar bilan muzokaralarni uygʻunlashtirish zarurligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston uchun maqbul qadamdir", - deydi Janubiy Koreyaning Lee & Ko yuridik firmasi mutaxassisi Nani Xo.
Nani Xo xonimning soʻzlariga koʻra, respublika hukumati avvalo tashqi savdoning umumiy rejimini kengaytirishga, keyinchalik - mintaqaviy integrallashuv jarayonlariga eʼtibor qaratishlari kerak.
Oʻz navbatida, KIEP ilmiy xodimi Su-Dong Kim "agar mamlakat MDH singari, Yevropa va Osiyo davlatlariga oziq-ovqat yoki qishloq xoʻjaligi xom ashyosi eksportini kengaytirsa JSTga kirishda muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori boʻlishini" taʼqidladi.
Zamdirektora ISMI Sanjar Valiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2019
Iqtisod
YEOIIga qoʻshilish Oʻzbekistonga JSTga aʼzo boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi - ekspert
Uning soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekistonga nafaqat raqobatbardoshlik, balki mahsulot sifatini oshirishda ham yordam beradi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.
2019 yilning yozida mamlakat hukumati JSTga Oʻzbekistonning ushbu tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.
Oʻzbekiston tashkilotga aʼzo boʻlishda iqtisodi rivojlanayotan mamlakat imtiyozlarini olish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala