Ekspertlar O‘zbekiston qay tarzda JSTga a’zo bo‘lishini aytishdi — bunda YeOII yordam beradi

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishEmblema Vsemirnoy torgovoy organizatsii (VTO) vozle zdaniya shtab-kvartiri organizatsii v Jeneve
Emblema Vsemirnoy torgovoy organizatsii (VTO) vozle zdaniya shtab-kvartiri organizatsii v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi respublikaga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar jarayonida yordam beradi.
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Ayol kishi ilk bor JSTga rahbar etib tayinlandi
Janubiy Koreyaning tashqi savdo masalalari bo‘yicha ekspertlari va mutaxassislari shunday fikrdalar.
"YeOII qoshida kuzatuvchi maqomini olish JST doirasida tarif siyosati bo‘yicha sheriklar bilan muzokaralarni uyg‘unlashtirish zarurligini hisobga olgan holda O‘zbekiston uchun maqbul qadamdir", - deydi Janubiy Koreyaning Lee & Ko yuridik firmasi mutaxassisi Nani Xo.
Nani Xo xonimning so‘zlariga ko‘ra, respublika hukumati avvalo tashqi savdoning umumiy rejimini kengaytirishga, keyinchalik - mintaqaviy integrallashuv jarayonlariga e’tibor qaratishlari kerak.
O‘z navbatida, KIEP ilmiy xodimi Su-Dong Kim "agar mamlakat MDH singari, Yevropa va Osiyo davlatlariga oziq-ovqat yoki qishloq xo‘jaligi xom ashyosi eksportini kengaytirsa JSTga kirishda muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori bo‘lishini" ta’qidladi.
Zamdirektora ISMI Sanjar Valiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2019
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIga qo‘shilish O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi - ekspert
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekistonga nafaqat raqobatbardoshlik, balki mahsulot sifatini oshirishda ham yordam beradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda mamlakat Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishlarni yangilagani haqida bayonot bergan edi.
2019 yilning yozida mamlakat hukumati JSTga O‘zbekistonning ushbu tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishi uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni taqdim etishdi.
O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lishda iqtisodi rivojlanayotan mamlakat imtiyozlarini olish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0