Belarusda 10 yashar maktab o‘quvchisi o‘g‘rini tutishda yordam berdi — video

Obuna bo‘lish
Belaruslik Sofiya Bondarenko atigi 10 yoshda, ammo qizaloq jasorati va botirligi uchun rag‘bat olishga ulgurdi.
Kunlarning birida maktab o‘quvchisi do‘kon oldida o‘g‘ri pensionerni tunayotganini ko‘rib qoladi. Bu holatni ko‘rib, qochib qolish o‘rniga, qizaloq, aksincha, hammaning e’tiborini ushbu hodisaga qaratishga va barchani yordamga chaqirishga kirishadi.
Sofiya hattoki hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar bilan suhbatlashadi.
Maktab o‘quvchisi huquq-tartibot organi xodimlariga ko‘rgan va esida qolgan narsalarning hammasini oqizmay-tomizmay gapirib beradi: qizaloq o‘g‘rining belgilari, qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga qochib ketganigacha aytib beradi.
Shu tufayli yovuz niyatli kimsani qisqa vaqtda qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lindi.
Sofiyaning tan olishicha, u rostdan qo‘rqqan, ammo o‘zini qo‘lga ola bilgan.
Tafsilotlar — videosujetda.
Yangiliklar lentasi
0