Kamilov ertaga Hindistonga boradi

© AFP PHOTO/Prakash SINGHTadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya
Tadj-Maxal — mavzoley-mechet, naxodashiysya v Agre, Indiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Abdulaziz Kamilovning Hindistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2021
O‘zbekiston TIV rahbari Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi
Uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi holati va yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha fikr almashiladi.
Kuni kecha Qobul shahrida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi. Undan avval TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari - Turkmaniston, Qozog‘iston va Tojikiston yetakchilari bilan uchrashgandi.
Yangiliklar lentasi
0