"Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani - Sherzod Qudbiyev

© Press-slujba Minzanyatosti UzbekistanaMinistr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
Soliq qo‘mitasi naqdlashtirish bilan shug‘ullangan 525 ta shubhali korxona aniqlagan. Ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 200dan ortiq davlat korxonalari ham bo‘lgan.  
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. "Obnalchi" - tadbirkorning birinchi dushmani, soliqchi esa - eng yaqin yordamchisi, dedi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 23-fevral kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan yuzma-yuz uchrashuvda. Kun.uz xabariga asosan. 
Qudbiyev aytishiga qaraganda, DSQ tomonidan nomlari e’lon qilingan "obnalchi" firmalar davlat va jamiyatga ulkan zarar keltirmoqda. Ularning faoliyati tufayli halol ishlayotgan tadbirkorlar kun ko‘ra olmayapti, davlatga esa 300 milliard so‘mlik soliqlar yetib bormayapti. Shu sababli Soliq qo‘mitasi ana shunday firmalarga qarshi "urush" ochgan. 
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
DSQ: Arz-dodga o‘rin yo‘q - aksariyat “naqdlashtirish” bilan shug‘ullangan
Tadbirkorlar esa, bundan buyon kim bilan shartnoma imzolayotganini, ushbu korxonalar naqdlashtirish bilan shug‘ullanmasligiga amin bo‘lib, keyin shartnoma imzolashi kerak, keyin ularning hisob raqamiga pul o‘tkazishlari kerak. 
Tadbirkorlarning ulkan summalardagi inkassatsiya jarimalarini "amnistiya" qilish borasidagi savollarga DSQ raisi - rad javobini berdi. Qudbiyev aytishiga qaraganda ushbu masala faqat qonun doirasida hal qilinishi kerak. Hozircha DSQ tadbirkorlarning yozma so‘rovnomasiga binoan faqat 6 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. 
Shuningdek, "obnalchi" korxonalar bilan ishlagan tadbirkorlar o‘z ixtiyori bilan 1-aprelga qadar hisobotlarini to‘g‘rilab topshirsa - qonunchilikda belgilangan 20% jarimaga tortilmasligi va jinoiy ish ochilmasligi ma’lum qilindi. 
Soliq qo‘mitasi 24-fevral kuni e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 396ta "shubhali" korxonalar qatoriga yana 129ta korxona qo‘shilgan va ularning soni 525 taga yetgan.
Hozirgacha "shubhali" korxonalar bilan operatsiyalar amalga oshirgan 7 990 ta tadbirkorlik subyekti aniqlandi. Noqonuniy operatsiyalarning aksariyati qurilish sohasida – 35%, savdo sohasida – 25%, ishlab chiqarish sohasida – 18%, xizmat ko‘rsatish sohasida – 14% va boshqa yo‘nalishlarda – 8%.
Eng ajablanarlisi - ushbu korxonalar bilan ishlagan kontragentlar orasida 120ta davlat korxonalari va 86ta boshqaruvida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar ham bo‘lgan.  
 
 
Yangiliklar lentasi
0