Siyosat

Prezident keskin tanqid qilgan Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina zakrыvayet portfel
Mujchina zakrыvayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Namangan viloyatida Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi muammolar muhokama qilindi va tashkiliy masala koʻrildi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga shu paytga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi.
Deputatlar va faollar nomzodni maʼqulladi hamda u haqdagi fikrlarini bildirdi.
Prezident posetil maxallyu Bunyodkor goroda Namangana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Jamiyat
Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi
Mamatxanov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tugʻilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
1998—2016 yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspektsiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016—2017 yillarda Yangiqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan.
2018 yildan 2020 yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
Muhammadzokir Mamatxonov 2020 yil 16 iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida Uychi tumani rahbariyatining faoliyatidan qoniqmasligini aytib, keskin tanqid qilgan edi. Tumandagi 4 ta sektor rahbari, jumladan, tuman hokimi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, tuman iqtisodiy koʻrsatkichlari yaxshilanmagani, topshiriqlarni bajarmagani uchun ishdan olingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala