Rossiya

Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan igʻvolardan ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii kollegii FSB RF
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii kollegii FSB RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Rossiya prezidenti Rossiya yutuqlariga qarshi xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya yutuqlariga, jumladan, tibbiyot sohasidagi yutuqlarga qarshi xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi.
Ochered v tsentr vaktsinatsii v Berline - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2021
Rossiya
Gʻarb vaktsina uchun urush olib borishga tayyor
“Bizga qarshi qator masalalarga oid asossiz ayblovlar bilan xorijda aniq bir maqsadga qaratilgan axborot xuruji olib borilmoqda. Hatto tuturuqsiz, men aytgan boʻlardimki, turli kulguli fitnalar ishga solingan. Masalan, soʻnggi paytlarda tibbiyot sohasidagi, koronavirusga qarshi kurashishdagi yutuqlarimizni shubha ostiga qoʻyishga urinishlar”, - dedi Putin FXX hayʼatining yigʻilishida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning koʻplab hamkorlari Rossiyaning COVID-19 qarshi kurashish sohasidagi natijalariga xayrixohlik bilan munosabatda boʻlmoqda va hamkorlikka tayyorlar. Moskva, oʻz navbatida, buni olqishlaydi.
COVID-19ga qarshi kurash oʻrniga Rossiya vaktsinasiga qarshi kurash ketmoqda
“Biz global darajadagi vazifalarni faqat saʼy-harakatlarni birlashtirgan holda hal etish mumkinligini tushunamiz. Shunga qaramasdan, bilasizki, juda koʻplab urinishlar boʻlgan, boʻlib kelmoqda. Mamlakat siyosiy rahbariyatiga tayyorlanayotgan igʻvolar haqidagi taqdim etayotgan maʼlumotlaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala