Toshkentda 30 darajali issiqdan so‘ng yana qor yog‘di

Obuna bo‘lish
Toshkent va boshqa shaharlar aholisi ertalabdan haqiqiy qish manzarasiga guvoh bo‘lishdi. Respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda kurtaklar bo‘rtishi va ochilishi boshlangan bir paytda gupillab qor yog‘di.
Erta tongdan yoqqan qor ko‘pchilikni shoshirib qo‘ydi. Axir bir necha kun ilgari mamlakat bo‘ylab bahor tarovati hukmron edi. Erta gullaydigan mevali daraxtlar gullashi boshlangan edi. Endi esa yog‘ayogan pag‘a-pag‘a qor daraxt gullari bilan aralashib ketdi.
O‘zgidromet mamlakatda 25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazishi haqida ogohlantirgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa mevali bog‘ va uzumzorlar, ertaki kartoshka va sabzavot ekinlarini saqlab qolish maqsadida qator tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0