AQShda erkak o‘z qo‘shnisini o‘ldirib, yuragidan taom tayyorlaganiga iqror bo‘ldi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
"U iblislarni ozodlikka chiqarish uchun qo‘shni ayol yuragi va kartoshka yordamida taom tayyorlagan", - deya iqtibos keltirgan Oklaxoma tergov burosi agenti so‘zlaridan nashr.
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Amerikaning Oklaxoma shtatida yashovchi va uch kishining qotilligida gumonlanuvchi Lourens Pol Anderson o‘z qo‘shnisini o‘ldirib, taom tayyorlash maqsadida uning yuragini kesib olganligiga iqror bo‘ldi.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2021
AQShda "ID"ga yordam bergan o‘zbekistonlik 12,5 yilga qamaldi
Bu haqda Oklahoman nashri shtat tergov burosiga tayanib xabar bermoqda.
Anderson qo‘shni ayolni uning uyida o‘ldirganlikla ayblanmoqda. Shuningdek, u o‘z amakisi va to‘rt yashar qizaloq o‘limida ham gumonlangan. Erkak pichoq bilan xolasiga ham hujum qilgan, ammo tan jarohatlariga qaramay, ayol tirik qolgan, deb yozadi nashr.
"U iblislarni ozodlikka chiqarish uchun qo‘shni ayol yuragi va kartoshka yordamida taom tayyorlagan", - deya iqtibos keltirgan Oklaxoma tergov burosi agenti so‘zlaridan nashr.
Nashr xabar berishicha, Lourens shartli ravishda hukm qilingani holda unga 2017-yilda narkotik iste’mol qilgani va qurol saqlagani uchun 20-yillik qamoq jazosi tayinlangan. O‘shanda hukm muddati 9-yilgacha qisqartirilgan, ammo Lourens oradan 3-yil o‘tib ozodlikka chiqqishga muvaffaq bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0