Dunyoda

Bayden Trampning AQShga chet elliklar kirishini taʼqiqlovchi qarorini bekor qildi

© REUTERS / Joshua RobertsPrezident SSHA Djo Bayden v Vashingtone
Prezident SSHA Djo Bayden v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Tramp 2020 yilning aprelida AQShga "AQSH mehnat bozori uchun xatar tugʻdiruvchi immigrantlar"ning kirishiga toʻsiq boʻlgan qarorni imzolab, soʻngra uning amal qilish muddatini uzaytirgan edi.
TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden oʻzidan oldingi prezident Donald Trampning AQShga qator toifadagi chet elliklarga kirishni taʼqiqlovchi qarorini bekor qildi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Djo Bayden vstupil v doljnost prezidenta SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Siyosat
Jo Bayden qasamyodddan soʻng qator muhim oʻzgarishlarni amalga oshirdi
Tramp 2020 yilning aprelida AQShda koronavirus pandemiyasi vaqtida "Qoʻshma Shtatlar mehnat bozori uchun xatar tugʻdiruvchi immigrantlar"ning kirishiga toʻsiq boʻlgan qarorni imzolab, soʻngra uning amal qilish muddatini uzaytirgan edi.
"(Proklamatsiya) AQSH manfaatlarini ilgari surmaydi. Aksincha, u AQShga halal beradi, masalan AQSH fuqarolari oilalari aʼzolariga va qonuniy doimiy yashovchi maqomiga ega fuqarolarga oʻz oilalari bilan birlashishga halal beradi", - degan Bayden.
"U shuningdek, butun dunyodan iqtidorlardan foydalanadigan AQSH iqtisodiyoti sohalariga halal beradi", - deb qoʻshimcha qilgan Bayden.
Va nihoyat, uning soʻzlariga koʻra, Tramp qoʻllagan choralar tufayli anʼanaviy tarzda har yili oʻtkaziladigan lotereya(grin-karta)da AQShda yashash huquqini qoʻlga kiritgan shaxslar ushbu mamalkatga kira olmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala