Iqtisod

Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan ikkita shamol elektr stantsiyasi quriladi

© Sputnik / Aleksey Pavlishak / Fotobankka oʻtishVetroelektrostantsiya
Vetroelektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshku tumanlarida har birining quvvati 500 MVt boʻlgan ikkita shamol elektr stantsiyalari quriladi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 23 fevraldagi qarorlari bilan Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshku tumanlarida ikkita shamol elektr stantsiyalarini qurish toʻgʻrisidagi investitsiya bitimlari tasdiqlandi.
Vetroelektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Iqtisod
Mirziyoyev Navoiyda shamol elektr stantsiyasini qurishga doir qarorni imzoladi
Qurish toʻgʻrisidagi bitimlar Oʻzbekiston hukumati va Saudiya Arabistoni kompaniyachi oʻrtasida 24 yanvar kuni imzolangan edi. “ACWA Power Dzhankeldy Wind” Peshku tumanida, “ACWA Power Bash Wind” esa Gʻijdivon tumanidagi shamol elektr stantsiyasini qurishni moliyalashtiradi.
Gʻijdivon tumanidagi shamol elektr stantsiyasining quvvati 500 MVtni, Peshku tumnidagi esa 300-500 MVTni tashkil etadi. Har bir loyihani amalga oshirishga investorlar 650 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratimoqchi.
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida ushbu shamol elektr stantsiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala