Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasi quriladi

© Sputnik / Aleksey Pavlishak / Mediabankka o‘tishVetroelektrostansiya
Vetroelektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Peshku tumanlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyalari quriladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 23-fevraldagi qarorlari bilan Buxoro viloyatining G‘ijduvon va Peshku tumanlarida ikkita shamol elektr stansiyalarini qurish to‘g‘risidagi investitsiya bitimlari tasdiqlandi.
Vetroelektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Mirziyoyev Navoiyda shamol elektr stansiyasini qurishga doir qarorni imzoladi
Qurish to‘g‘risidagi bitimlar O‘zbekiston hukumati va Saudiya Arabistoni kompaniyachi o‘rtasida 24-yanvar kuni imzolangan edi. “ACWA Power Dzhankeldy Wind” Peshku tumanida, “ACWA Power Bash Wind” esa G‘ijdivon tumanidagi shamol elektr stansiyasini qurishni moliyalashtiradi.
G‘ijdivon tumanidagi shamol elektr stansiyasining quvvati 500 MVtni, Peshku tumnidagi esa 300-500 MVTni tashkil etadi. Har bir loyihani amalga oshirishga investorlar 650 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratimoqchi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25-yil davomida ushbu shamol elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olgan.
Yangiliklar lentasi
0