YeOIIda O‘zbekiston vakili tayinlandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
YeOII Iqtisodiy komissiyasida O‘zbekiston vakili etib Makroiqtisodiy izlanishlar va prognoz instituti direktori o‘rinbosari Shuhrat Shukurov tayinlandi. 
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqidagi vakili etib Shuhrat Shukurov tayinlandi. Shu kunga qadar u Makroiqtisodiy izlanishlar va prognoz instituti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan, YeIK matbuot xizmati xabariga asosan. 
2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Ushbu qaror YeOII Oliy soveti majlisida qabul qilingan va unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan.
Blok reduktirovaniya, dlya regulyatsii davleniya gaza v truboprovode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
YeOII umumiy gaz bozori qanday muammolarga duch kelmoqda?
YeIK xabariga ko‘ra, 26-fevral kuni O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadovning YeIK kollegiya  raisi Mixail Masnikovich, integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev va savdo vaziri Andrey Slepnevlar bilan uchrashuvi kutilmoqda. Uchrashuv davomida O‘zbekiston hukumatining Shuhrat Shukurovni vakil etib tayinlash haqidagi xati ko‘rib chiqiladi. 
Shuxrat Shukurov Moskva iqtisodiy-statistika institutini va O‘zbekiston davlat va jamiyat qurilishi akademiyasidagi Oliy biznes maktabini tugatgan. O‘zbekiston iqtisodiy majmuasida 30-yillik mehnat tajribasiga ega. Shu kunga qadar u Makroiqtisodiy izlanishlar va prognoz instituti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 
YeOII iqtisodiy komissiyasida Shukurov uzoq muddatli milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda O‘zbekistonning YeOII hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. 
Yangiliklar lentasi
0