Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Yevropaga Rossiyani toʻxtatib turish majburiyatidan xalos boʻlishiga imkon berishmayapti

© AP Photo / Virginia MayoFlagi USA i UE w Brukseli
Flagi USA i UE w Brukseli  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
YEI yana Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar qoʻllamoqda. AQShda esa nafaqat Navalniy, Amerika idora va kompaniyalariga qarshi uyushtirilgan xakerlik hujumi uchun “sanktsiya va boshqa choralar” toʻplamini tayyorlash yakunlanmoqda.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Gʻarb Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar toʻplamini qoʻllamoqda: dushanba kuni Yevropa Ittifoqi “Navalniyning taʼqib qilinishiga maʼsul” qator rossiyalik amaldorlarga qarshi alohida sanktsiya kiritishni kelishib oldi (aniq roʻyxat bir necha kundan keyin eʼlon qilinadi), AQShda esa nafaqat Navalniy, balki Rossiyani ayblashayotgan Amerika idora va kompaniyalariga qarshi uyushtirilgan xakerlik hujumi (SolarWinds) uchun “sanktsiya va boshqa choralar” toʻplamini tayyorlash yakunlanmoqda.
Bu oldindan taxmin qilingan edi. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar (alohida emas, balki keng koʻlamli AQsh sanktsiyalari) mana yetti yildirki davom etib kelmoqda. Odatlanib qolsa boʻlardimi? Albatta – biroq Gʻarb “hamkorlarimiz” oʻz xatti-harakatlarini asoslaydigan vajlar hamisha qiziq. Aynan vajlar, argumentlar. Sabablar mutlaqo tushunarli. Vladimir Putin FXX hayʼati yigʻilishida chiqish qilayotib, ular haqida ham eslatib oʻtdi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastiye v zasedanii kollegii FSB RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Rossiya
Putin Rossiyaga qarshi hozirlanayotgan igʻvolardan ogohlantirdi
“Biz Rossiya toʻxtatib turish deb ataluvchi siyosatga duch kelmoqdamiz. Gap bu yerda xalqaro munosabatlar uchun tabiiy raqobat emas, balki rivojlanishimizni barbod qilish, uni toʻxtatib qoʻyish, tashqi perimetr boʻyicha muammo yaratish, ichki beqarorlikni keltirib chiqarish, Rossiya jamiyatini birlashtiruv turuvchi qadriyatlarga putur yetkazish, natijada Rossiya zaiflashtirish va uni tashqi nazorat ostiga qoʻyishga qaratilgan izchil va oʻta tajovuzkorlik haqida bormoqda. Biz buni koʻrib va bilib turibmizki, bu ayrim postsovet mamlakatlarida ham roʻy bermoqda”.
Bu maqsadlar sirli emas. Putin taʼkidlaganidek, “Ochiq strategik hujjatlar va qator mamlakat davlat arboblarining oʻta oshkora bayonotlari bilan tanishib chiqish kifoya”. “Rossiya, qator boshqa mustaqil, suveren markazlarga boʻlgan nodoʻstona munosabatlarini hatto yashirishmayapti”.
Ushlab turishning barcha usullari ham yaxshi tanish. Putin ularni shunchaki birma-bir sanab oʻtdi: “Bizni iqtisodiy va boshqa sanktsiyalar bilan kishanlashga, nafaqat biz, balki hamkorlarimiz manfaatdor boʻlgan yirik xalqaro loyihalarni bloklashga, toʻgʻridan-toʻgʻri jamoat va siyosiy hayotga, mamlakatimiz demokratik jarayonlariga aralashishga urinishmoqda. Va albatta, maxsus xizmat arsenallari vositalaridan faol foydalanishmoqda”.
Bularning barchasi mamlakatimiz tarixida birinchi marta boʻlayotgani yoʻq: turli davrlarda bizga qarshi barcha tilga olingan usullardan foydalanishgan, shunday ekan biz unga qarshi turishga va javob qaytarishni oʻrgandik. Aynan shuning uchun Putin dediki, “Rossiyaga nisbatan bunga oʻxshash harakatlar istiqbolsiz” – bizni hech qanday bosim bilan yon berishga majburlash, ichkaridan barbod qilish qoʻldan kelmaydi. Shu bilan birga Rossiya oʻzining himoyalanayotgan, oʻz suvereniteti va manfaatlarini himoya qilayotgan roli haqida maʼlum qiladi.
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?
Qolaversa, biz har vaqt hamma bilan munosabatlarni rivojlantirishga, oʻzaro ishonch va hurmat asosida ochiq muloqotga tayyorligimizni taʼkidlab kelamiz. Bu gal ham Putin buni eslatib oʻtdi? Biroq bunga javoban nimani koʻramiz?
Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdan manfaatdor emas, Rossiya hukumati mamlakatni avtoritarizm yoʻlidan olib bormoqda – YEI tashqi ishlar vaziri yangi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan uchrashuvda shunday qarorga kelishdi. Yevropa demokratiyasi rahbari Jozep Borrel esa Rossiya “oʻzini dushmandek tutishga ahd qilgan qoʻshni” deya atadi va taʼkidladi: “Biz qarama-qarshi tarzda harakat qilishga qaror qilgan qoʻshnilar bilan doimiy qarama-qarshilikga chap berish uchun modelni belgilab olishimiz shart”.
Yaʼni Yevropa, xususan, Gʻarb ham ishni umuman mana bunday tasavvur qiladi: Rossiya qarama-qarshilik izlayapti va munosabatlarni rivojlantirishni istamaydi. Qolaversa, Rossiya, maʼlum boʻlishicha, hamisha Yevropa ishlariga aralashadi va YEI bosim oʻtkazadi. Shu bois endi Yevroittifoq Moskva bilan munosabatlarni uch tamoyildan kelib chiqib yoʻlga qoʻyadi.
Borrel ularni mana bunday taʼrifladi: Moskva tomonidan xalqaro huquq va inson huquqlari buzilgan taqdirda qarshilik koʻrsatish, agar Rossiya YEIga bosimni kuchaytiradigan boʻlsa, uni ushlab turish bilan shugʻullanish, Yevroittifoq manfaatdor boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha Rossiya bilan hamkorlik qilish.
Qarshilik koʻrsatish, ushlab turish, YEIga foyda bor joyda hamkorlik qilish – Yevropa diplomatiyasining jangovar toʻplami. Lekin gap nima haqida ketyapti?
Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Rossiya
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yoʻqotdi
“Xalqaro huquq va inson huquqlari buzilishi” ostida deyarli barcha narsa – Qrim va Navalniydan tortib har qanday boshqa mavzugacha, ustiga ustak ham ichki Rossiya, ham xalqaro, nazarda tutilmoqda. Rossiyada gey-nikohlar boʻlmagani uchun sanktsiyalar – yaʼni inson huquqlarining buzilishi? Marhamat. Abxaziyani Gruziyaga “qaytarishdan” bosh tortganlik uchun sanktsiya? Shubhasiz. Yevropada navbatdagi emigrant yoki rossiyalik qochoq oʻldirilganini uchun sankitsiya, va umuman biror bir kishini – har vaqtda. Nemis bundestagining kompyuter tizimini buzishdimi? Albatta, Rossiyani jazolash kerak.
Xuddi shunday har narsani YEIga boʻlgan bosim deb atash mumkin. Ayirmachilar Kataloniyaning ajralishini yoqlab ovoz beryaptimi? Rus izini qidiramiz. Moskvaga “Germaniya uchun muqobil” parlament farktsiya vakillari kelyaptimi? Ruslar Merkelga choh qazishyapti. Moskva Polsha va Chexiyadagi sovet jangchilari haykallarining buzib tashlanishiga norozilik bildiryaptimi? Baxtiqaro va erksevar sharqiy yevropaliklarga tazyiq oʻtkazishadi. Gaz quvuri qurishyaptimi? Yevropani ikkiga ajratishmoqchi. Qurishdan boʻyin tovlashyaptimi? Yevropani muzlatib qoʻyishmoqchi. Bemaʼnilik? Yoʻq, yanglish bildirilgan munosabat.
Zdaniye Tsentralnogo banka Rossii na Neglinnoy ulitse v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Kolumnistlar
Diversifikatsiya: Rossiya AQSH qimmatli qogʻozlariga 1 milliard kiritdi
Yaʼni YEI Rossiya bilan munosabatlarni bir tomonlama tartibga soluvchi, jazolaydigan yoki oʻz xohishiga koʻra shafqat qiladigan huquqqa ega boʻlmoqchi. Rossiya esa buni bor narsa deb qabul qilishi va jahli chiqmasligi kerak. Bundan tashqari, oliyjanob yevropaliklarga foyda keltiradigan sohalardagi hamkorlikka chaqirishsa, labbay deb turishi kerak.
Biroq voqelikda bularning bari aksincha: oʻzini dushmandek tutayotgan qoʻshni bu YEI. Rossiyaga bosim oʻtkazadi, shart qoʻyadi, pand-nasihat qiladi, loy chaplaydi, ichki ishlariga aralashadi va buni oʻz oʻzidan tabiiy holat deb hisoblaydi. Ukrainani Rossiyadan (atlantik tashabbusga koʻra boʻlsa ham) uzib olishga urinayotgan, Sharq va Gʻarbning tarixiy chegaralarini oʻzgartirishga, oʻz hududini rus tamadduni hisobiga kengaytirishga urinayotgan aslida YEI oʻzidir. Va u Rossiya bunga jimgina koʻnishini xohlayaptimi?
Verxovnыy predstavitel Yevrosoyuza po inostrannыm delam i politike bezopasnosti Jozep Borrel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Analitika
Borrel tashrifi - "jang bilan razvedka" xolos, asosiy hujum oldinda
Bunga oʻxshash surbetlik chorak asr, hatto 15 yil avval, Rossiya oʻz hayotini qutqarish uchun kurashayotgan va barcha rus dunyosi bilan shugʻullana olmayotgan, yevropaliklardan oʻzini odobli tutishni talab qila olmagan paytda tushintirish mumkin edi, lekin hozir Rossiyadan beparvo oʻquvchi itoatkorligini kutish kulguli.
Rossiya har qanday holatda oʻziga mos shart-sharoitlarda Yevropa bilan munosabatlarini qayta quradi – YEI buni qanchalik barvaqt anglasa, bu jarayon shunchalik oson va tez boʻladi. Yevropaning bunga hech qanday muqobili baribir yoʻq: u oʻziga na Rossiyadan uzoqlashish, na qoʻshnidan dushmanga aylanishni ep koʻradi. Aniqrogʻi, ep koʻra oldiyu – lekin faqat oxirgi marta oʻzi uchun.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala