Gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishManometr na zapravochnoy kolonke gazozapravochnoy stansiya
Manometr na zapravochnoy kolonke gazozapravochnoy stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Ob-havo keskin sovushi sabab gaz to‘ldirish ishlari ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. “Hududgazta’minot” AJ O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.
Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24—27 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.
Shu bois tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi.
“Hududgazta’minot” AJ barcha avtotransport haydovchilardan, o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli barcha gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov o‘rnatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0