Kolumnistlar

Koʻrinmas himoyachilar - Rossiya yashirin raketa tashuvchilar qurmoqda

© Foto : Press service of the Ministry of Defence of the Russian FederationAtomnaya podvodnaya lodka Severnogo flota «Severodvinsk»
Atomnaya podvodnaya lodka Severnogo flota «Severodvinsk» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Eng soʻnggi sinovlarda maʼlum boʻlishicha 677-loyiha suv osti kemalari yashirinlik darajasi oldingi dizel-elektrik suv osti kemalaridan ham yuqoriroq.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Kelajak qurollari, shovqinsiz va yashirin – 2022 yilda Rossiya dengiz floti 677 “Lada” loyihasiga mansub birinchi dizel-elektrik suv osti kemalarini oladi. Ularni ishlab chiqarish uchun 20 yildan ortiq vaqt kerak boʻldi. Ushbu submarina yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurol tashishi mumkin, uning yoʻnalishini aniqlsh esa – juda murakkab.

"Qiyin farzand"

"Kronshtadt" va "Velikiye Luki" suv osti kemalari dengizchilarga 2021 yilda yetkazib berilishi kerak edi. Lekin "Admiralteyskiye verfi" korxonasi bosh direktori Aleksandr Buzakov aytishiga qaraganda, kontragentlar tufayli topshirish sanasi orqaga surilgan.
Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2020
Video
Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi
Sentyabr oyida Birlashgan kema quruvchi koroporatsiya rahbari Aleksey Raxmanov, yetkazib beruvchi korxonalardan biri kechikayotgani tufayli ikkita seriyali kemabuyurtmachiga biroz kechikib topshirilishini xabar qilgan edi.
Umuman, kemasozlik sohasida kechikish odatiy holga aylanib qolgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, "Sankt-Peterburg" bosh kemasini qurish 1990 yillarda boshlangan edi va 2004 yilda bitkazilishi kerak edi. Lekin Shimoliy flot uni faqat 2010 yilda oldi.
“Lada” suv osti kemalari anchagina eskirib qolgan 877 loyihaga mansub "Paltus" suv osti kemalari oʻrniga kelishi kerak edi. Yangi kemalar kichikroq va gidrolokatorlar uchun kam sezilarli. Rossiya kemasozligi uchun yangi boʻlgan, bir korpusli sxema ham suv osti kemasining akustik yashirinligini taʼminlaydi.
Undan tashqari yangi kemalar havo kerak boʻlmaydigan (anaerob) turdagi dvigatel bilan jihozlanadi.
Kema qurib bitkazioʻ muddati kechiktirilishiga ham ana shunday yangi yechimlar koʻpligi sabab boʻlgan boʻlsa ajab emas. Masalan bosh kema qurish va sinash vaqtida ham gidroakustik majmua bilan jiddiy muammolar sodir boʻlgan edi. Elektr dvigatelining quvvati kam boʻlgani tufayli suv ostida kerakli tezlikka erisha olmas edi.
HDF yangi dizel elektrik suv osti kemlariga muhtoj boʻlgani tufayli, ular “Lada” oʻrniga 6ta vaqt bilan tekshirilgan 636 loyihaga mansub "Varshavyanka" suv osti kemalariga buyurtma bergan edi.

Xavfli “kichkintoylar”

Mutaxassislar fikriga koʻra “Lada” – bu eng zamonaviy va kelajagi porloqatomsiz submarinalardir.
Kichik oʻlchamga ega boʻlishiga qaramasdan, ushbu kemalar oʻzlarning universalligi va kup funktsiyaligi bilan ajralib turadi. Suv osti va suv usti kemalariga qarshi kurashishi, dengiz qirgʻogʻidagi obʼyektlarga zarba berishi, minalar oʻrnatishi va qirgʻoqlarni desantdan himoya qilishi, boʻlinmalar yoki maxsus yuklarni tashish mumkin.
Podvodnыy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskiye xodovыe ispыtaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2020
Analitika
Rossiyaning soʻnggi suv osti kemalari yana AQShni qoʻrquvga soldi
Lekin ularning asosiy yutugʻi – yuqori avtomatlashgani va kam shovqin chiqarishi. Shuningdek ularning mobilligi va yuqori manyovrliligi diversion va razvedka operatsiyalarida qoʻl kelishi mumkin. Kecha kuchli gidroakkumulyator va 3ta antennalar bilan jihozlangan. Biri – oldida, ikkitasi – yon tomonida.   
Suv sigʻimi 1,8 ming tonna bulgan kemaning tezligi soatiga 20 uzelga yetadi. Harakatlanish tezligi 350 metrgacha, ekipaj soni – 30 kishigacha yetadi.
“Lada” oʻz bortida 533 millimetrli 18ta torpedo va 20ta mina olib yurishi mumkin. Albatta uning bortida tez harakatlanuvchi (300km/s) “Shkval” torpedo-raketalari va “Kalibr” raketlariga ega.
Dastlabki ikki submarina oddiy energetik qurilma bilan jihozlanadi, chunki anaerob qurilmalar hali yaratilgani yoʻq. Lekin loyihaning qolgan kemalari ana shunday qurilma bilan jihozlanadi.

Koʻrinmas qoʻriqchilar

"Lada" — suv osti kemalarining mutlaq yangi klassi boʻlib, u oldingi suv osti kemalari asosida qurilgan, lekin soʻnggi 15-20 yil ichida ushbu kemalarda 150 dan ortiq tajriba-konstruktorlik ishlari oʻzlashtirib olingan.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2020
Dunyoda
"Rossiyaga signal". AQSH nima uchun Norvegiya qirgʻoqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
“Oldin hech qanday loyihada bunday boʻlmagan. Boshqacha qilib aytganda bu katta suv osti laboratoriyasidir”, - deydi flotni qoʻllab-quvvatlash Jamoat harakati raisi, birinchi rang kapitani Mixail Nenashev.
Ekspert xulosasiga koʻra, “Lada” - turli taktik va strategik vazifalarni bajarishi mumkin. Xususan, uning bortiga oldingi kemalarga qaraganda koʻproq torpedolar yoki raketa majmualari joylashtirilishi mumkin.
 Dizel-elektrik suv osti kemalari shovqini dengiz shovqini bilan teng desa ham boʻladi. Yangi gidroakustika juda uzoq masofadagi shovqinlarni tinglashi mumkin.
“Bu juda muhim, chunki “Lada” kemalari Arktikada navbatchilik qiladi. Uning yana bir ustuvorligi – kichik hajmi, demak kema ham chuqur ham sayoz suvlarda ham harakatlanishi mumkin. Raqibning atom suv osti kemalari hamma joyda ham harakatlana olmaydi, lekin “Lada” – juda samarali himoya qurili boʻlishi mumkin”, - deydi Nenashev.  
Rossiyaning dizel suv osti kemalari oʻz toifasida dunyoda eng yaxshi deb tan olingan. 636.3 loyihasiga mansub 6ta dizel-elektrik kemalar yaqinda Qora dengiz flotida xizmat qilmoqda. Yana oltita kema yaqinda Tinch okeani flotiga yetkazib beriladi. Yashirinligi va shovqinsizligi uchun ushbu suv osti kemalarini NATOda – “qora tuynuklar” deb nom berishgan.
Lekin yangi “Lada” kemalari yanada tinchroq. "Sankt-Peterburga" kemasi sinovida maʼlum boʻlishicha 677-loyiha kemalari yashirinligi oldingi seriya dizel-elektrik kemalaridan ham yuqoriroq.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala