Ko‘rinmas himoyachilar - Rossiya yashirin raketa tashuvchilar qurmoqda

© Foto : Press service of the Ministry of Defence of the Russian FederationAtomnaya podvodnaya lodka Severnogo flota «Severodvinsk”
Atomnaya podvodnaya lodka Severnogo flota «Severodvinsk” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Eng so‘nggi sinovlarda ma’lum bo‘lishicha 677-loyiha suv osti kemalari yashirinlik darajasi oldingi dizel-elektrik suv osti kemalaridan ham yuqoriroq.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Kelajak qurollari, shovqinsiz va yashirin – 2022-yilda Rossiya dengiz floti 677 “Lada” loyihasiga mansub birinchi dizel-elektrik suv osti kemalarini oladi. Ularni ishlab chiqarish uchun 20-yildan ortiq vaqt kerak bo‘ldi. Ushbu submarina yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurol tashishi mumkin, uning yo‘nalishini aniqlsh esa – juda murakkab.

"Qiyin farzand"

"Kronshtadt" va "Velikie Luki" suv osti kemalari dengizchilarga 2021-yilda yetkazib berilishi kerak edi. Lekin "Admiralteyskie verfi" korxonasi bosh direktori Aleksandr Buzakov aytishiga qaraganda, kontragentlar tufayli topshirish sanasi orqaga surilgan.
Rossiyada Harbiy dengiz floti kuni nishonlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2020
Atom suv osti kemalari, desant va aviatsiya: Rossiyada Harbiy-dengiz floti kuni nishonlandi
Sentabr oyida Birlashgan kema quruvchi koroporatsiya rahbari Aleksey Raxmanov, yetkazib beruvchi korxonalardan biri kechikayotgani tufayli ikkita seriyali kemabuyurtmachiga biroz kechikib topshirilishini xabar qilgan edi.
Umuman, kemasozlik sohasida kechikish odatiy holga aylanib qolgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, "Sankt-Peterburg" bosh kemasini qurish 1990-yillarda boshlangan edi va 2004-yilda bitkazilishi kerak edi. Lekin Shimoliy flot uni faqat 2010-yilda oldi.
“Lada” suv osti kemalari anchagina eskirib qolgan 877 loyihaga mansub "Paltus" suv osti kemalari o‘rniga kelishi kerak edi. Yangi kemalar kichikroq va gidrolokatorlar uchun kam sezilarli. Rossiya kemasozligi uchun yangi bo‘lgan, bir korpusli sxema ham suv osti kemasining akustik yashirinligini ta’minlaydi.
Undan tashqari yangi kemalar havo kerak bo‘lmaydigan (anaerob) turdagi dvigatel bilan jihozlanadi.
Kema qurib bitkazio‘ muddati kechiktirilishiga ham ana shunday yangi yechimlar ko‘pligi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Masalan bosh kema qurish va sinash vaqtida ham gidroakustik majmua bilan jiddiy muammolar sodir bo‘lgan edi. Elektr dvigatelining quvvati kam bo‘lgani tufayli suv ostida kerakli tezlikka erisha olmas edi.
HDF yangi dizel elektrik suv osti kemlariga muhtoj bo‘lgani tufayli, ular “Lada” o‘rniga 6ta vaqt bilan tekshirilgan 636 loyihaga mansub "Varshavanka" suv osti kemalariga buyurtma bergan edi.

Xavfli “kichkintoylar”

Mutaxassislar fikriga ko‘ra “Lada” – bu eng zamonaviy va kelajagi porloqatomsiz submarinalardir.
Kichik o‘lchamga ega bo‘lishiga qaramasdan, ushbu kemalar o‘zlarning universalligi va kup funksiyaligi bilan ajralib turadi. Suv osti va suv usti kemalariga qarshi kurashishi, dengiz qirg‘og‘idagi obyektlarga zarba berishi, minalar o‘rnatishi va qirg‘oqlarni desantdan himoya qilishi, bo‘linmalar yoki maxsus yuklarni tashish mumkin.
Podvodniy kreyser Knyaz Vladimir vozobnovil zavodskie xodovie ispitaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2020
Rossiyaning so‘nggi suv osti kemalari yana AQShni qo‘rquvga soldi
Lekin ularning asosiy yutug‘i – yuqori avtomatlashgani va kam shovqin chiqarishi. Shuningdek ularning mobilligi va yuqori manyovrliligi diversion va razvedka operatsiyalarida qo‘l kelishi mumkin. Kecha kuchli gidroakkumulyator va 3ta antennalar bilan jihozlangan. Biri – oldida, ikkitasi – yon tomonida.   
Suv sig‘imi 1,8 ming tonna bulgan kemaning tezligi soatiga 20 uzelga yetadi. Harakatlanish tezligi 350 metrgacha, ekipaj soni – 30 kishigacha yetadi.
“Lada” o‘z bortida 533 millimetrli 18ta torpedo va 20ta mina olib yurishi mumkin. Albatta uning bortida tez harakatlanuvchi (300km/s) “Shkval” torpedo-raketalari va “Kalibr” raketlariga ega.
Dastlabki ikki submarina oddiy energetik qurilma bilan jihozlanadi, chunki anaerob qurilmalar hali yaratilgani yo‘q. Lekin loyihaning qolgan kemalari ana shunday qurilma bilan jihozlanadi.

Ko‘rinmas qo‘riqchilar

"Lada" — suv osti kemalarining mutlaq yangi klassi bo‘lib, u oldingi suv osti kemalari asosida qurilgan, lekin so‘nggi 15-20 yil ichida ushbu kemalarda 150 dan ortiq tajriba-konstruktorlik ishlari o‘zlashtirib olingan.
Ofitser na bortu podvodnoy lodki USS Florida  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2020
"Rossiyaga signal". AQSh nima uchun Norvegiya qirg‘oqlariga maxfiy suv osti kemasini yubordi
“Oldin hech qanday loyihada bunday bo‘lmagan. Boshqacha qilib aytganda bu katta suv osti laboratoriyasidir”, - deydi flotni qo‘llab-quvvatlash Jamoat harakati raisi, birinchi rang kapitani Mixail Nenashev.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, “Lada” - turli taktik va strategik vazifalarni bajarishi mumkin. Xususan, uning bortiga oldingi kemalarga qaraganda ko‘proq torpedolar yoki raketa majmualari joylashtirilishi mumkin.
 Dizel-elektrik suv osti kemalari shovqini dengiz shovqini bilan teng desa ham bo‘ladi. Yangi gidroakustika juda uzoq masofadagi shovqinlarni tinglashi mumkin.
“Bu juda muhim, chunki “Lada” kemalari Arktikada navbatchilik qiladi. Uning yana bir ustuvorligi – kichik hajmi, demak kema ham chuqur ham sayoz suvlarda ham harakatlanishi mumkin. Raqibning atom suv osti kemalari hamma joyda ham harakatlana olmaydi, lekin “Lada” – juda samarali himoya qurili bo‘lishi mumkin”, - deydi Nenashev.  
Rossiyaning dizel suv osti kemalari o‘z toifasida dunyoda eng yaxshi deb tan olingan. 636.3 loyihasiga mansub 6ta dizel-elektrik kemalar yaqinda Qora dengiz flotida xizmat qilmoqda. Yana oltita kema yaqinda Tinch okeani flotiga yetkazib beriladi. Yashirinligi va shovqinsizligi uchun ushbu suv osti kemalarini NATOda – “qora tuynuklar” deb nom berishgan.
Lekin yangi “Lada” kemalari yanada tinchroq. "Sankt-Peterburga" kemasi sinovida ma’lum bo‘lishicha 677-loyiha kemalari yashirinligi oldingi seriya dizel-elektrik kemalaridan ham yuqoriroq.
Yangiliklar lentasi
0