https://oz.sputniknews-uz.com/20210225/Ozbekiston-temir-yollari-Shovvozsoy-dam-olish-maskani-yuzasidan-rasmiy-munosabat-bildirdi-16071035.html
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” “Shovvozsoy” dam olish maskani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” “Shovvozsoy” dam olish maskani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Ugam-Chotqol” milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi dam olish maskani haqidagi xabarlar asossiz va noxolis ekanini maʼlum... 25.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-25T10:27+0500
2021-02-25T10:27+0500
2021-02-25T10:27+0500
“shovvozsoy” dam olish maskani
jamiyat
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/19/16070443_0:0:1201:678_1920x0_80_0_0_89c867c80882173c12eeb54a24a9ed58.jpg
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Toshkent viloyati hududida joylashgan Ugam-Chotqol milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi “Shovvozsoy” dam olish maskani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda dam olish maskani Oʻzbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida xabardar paydo boʻlgan edi.Kompaniya bu asossiz va noxolis xabarlar ekanini maʼlum qildi.Xabarda bildirishicha, Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi “Shovvozsoy” oʻrmon xoʻjaligi yerlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasiga temiryoʻlchilar va ularning oila aʼzolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish va mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.Bu yerda 2011 yildan boshlab, yaʼni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yoʻl kompaniyasining byudjetdan tashqari mablagʻlari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.Kompaniya maʼlumotlariga qaraganda, oʻtgan oʻn yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard soʻmni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, milliy bogʻ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirish uchun zarur infratuzilmalar yaratildi, obʼyektgacha elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yoʻli va kichik suv ombori barpo etildi.Ayni paytda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Nazarbek”, “Chimyon”, “Xojikent”, “Omonxona” kabi dam olish maskanlari, shuningdek, “Shovvozsoy” majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryoʻlchilar va aholiga sifatli xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda.“Ushbu dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan shartnoma va yoʻllanmalar asosida, temiryoʻlchilar bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublikamiz aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.Kompaniya telegram kanalida dam olish maskanida hordiq chiqarayotgan insonlar tasvirlangan videorolik eʼlon qilingan."Shovvozsoy" dam olish uchun ajoyib joy. Dam olish zonasi Ugam-Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan hududida joylashgan. Bu yerda tabiat qoʻynida oila, hamkasb va doʻstlar bilan unutilmasda hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan", — deyiladi rolik izohida.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/19/16070443_0:0:1201:754_1920x0_80_0_0_b00eb7340aa0c082924494f299baaaff.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
“shovvozsoy” dam olish maskani
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” “Shovvozsoy” dam olish maskani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi
Kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Ugam-Chotqol” milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi dam olish maskani haqidagi xabarlar asossiz va noxolis ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Toshkent viloyati hududida joylashgan Ugam-Chotqol milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi “Shovvozsoy” dam olish maskani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy
munosabat bildirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda dam olish maskani Oʻzbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida xabardar paydo boʻlgan edi.
Kompaniya bu asossiz va noxolis xabarlar ekanini maʼlum qildi.
Xabarda bildirishicha, Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bogʻi tasarrufidagi “Shovvozsoy” oʻrmon xoʻjaligi yerlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasiga temiryoʻlchilar va ularning oila aʼzolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish va mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.
Bu yerda 2011 yildan boshlab, yaʼni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yoʻl kompaniyasining byudjetdan tashqari mablagʻlari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oshirilgan.
Kompaniya maʼlumotlariga qaraganda, oʻtgan oʻn yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard soʻmni tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, milliy bogʻ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlash va rivojlantirish uchun zarur infratuzilmalar yaratildi, obʼyektgacha elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yoʻli va kichik suv ombori barpo etildi.
Ayni paytda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Nazarbek”, “Chimyon”, “Xojikent”, “Omonxona” kabi dam olish maskanlari, shuningdek, “Shovvozsoy” majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryoʻlchilar va aholiga sifatli xizmatlarni koʻrsatib kelmoqda.
“Ushbu dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan shartnoma va yoʻllanmalar asosida, temiryoʻlchilar bilan bir qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublikamiz aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Kompaniya telegram kanalida dam olish maskanida hordiq chiqarayotgan insonlar tasvirlangan videorolik eʼlon qilingan.
"Shovvozsoy" dam olish uchun ajoyib joy. Dam olish zonasi Ugam-Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanadigan hududida joylashgan. Bu yerda tabiat qoʻynida oila, hamkasb va doʻstlar bilan unutilmasda hordiq chiqarish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan", — deyiladi rolik izohida.