Dunyoda

Qozogʻistonda qishloq xoʻjaligi yerlarini xorijliklarga sotish taqiqlanadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishPosevnaya risa v Krasnodarskom kraye
Posevnaya risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Toqayev yer masalasi qozogʻistonliklar uchun juda muhimligi, yer ular uchun davlatchilik ramzi ekanini qayd etdi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Qozogʻistonda qishloq xoʻjaligi yerlarini chet ellik jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish va sotish taqiqlanadi. Mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tegishli qonun loyihasini tayyorlash boʻyicha topshiriq berdi.
Toqayev Milliy jamoat ishonch kengashi yigʻilishida chiqish qilayotib, yer masalasi qozogʻistonliklar uchun juda muhimligi, yer ular uchun davlatchilik ramzi ekanini qayd etdi.
“Men bir necha marta yer xorijliklarga sotilmasligini aytganman. Bu boradagi mish-mishlarga chek qoʻyish darkor. Birinchidan, men qishloq xoʻjaligi yerlarini xorijliklarga va xorijlik yuridik shaxslarga sotish, ijara berishni qonun bilan taqiqlash boʻyicha topshiriq beraman. Bu xorijlik ulushi bor yuridik shaxslaga ham taalluqli”, - dedi Toqayev. Uning soʻzlaridan Sputnik Qozogʻiston keltirgan.
Davlat rahbari bu masalaga oid qonun loyihasini prezident devoni ishlab qilishi shartligi qoʻshimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala