Hodisalar

Samarqandda xotini va uning jazmanini oʻldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi

© Depositphotos / AndreyPopovMolotok i naruchniki na stole u sudi
Molotok i naruchniki na stole u sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Pastdargʻomlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, ularni savdo markazida odamlarning koʻz oʻngida pichoqlagandi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand shahridagi savdo markazi hududida xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan birga boʻlgan erkakni pichoqlab oʻldirgan shaxsga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Okazaniye pervoy pomoщi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.11.2020
Hodisalar
Toshkentlik erkak haqorat tufayli ikki kishini pichoqladi
Xabarda yozilishicha, shu kunlarda mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda koʻrib chiqilgan.
Qotillikda ayblanuvchi shaxs bu ishni jahl ustida sodir etgani, oʻsha payt oʻzini yoʻqotib qoʻyganini aytib, qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirdi.
Erkak Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻta shafqatsizlik bilan qasddan oʻldirish) bilan aybli deb topilgan. Sud unga 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtaydi.
Eslatib oʻtamiz, qotillik Samarqand shahrining Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi savdo markazlarining birida sodir etilgandi. Pastdargʻomlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, odamlarning koʻz oʻngida ularga pichoq bilan tashlangan. Jabrlanganlar oʻtkir qon yoʻqotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala