Samarqandda xotini va uning jazmanini o‘ldirgan erkak uzoq muddatga qamaldi

© Depositphotos.com / AndreyPopovMolotok i naruchniki na stole u sudi
Molotok i naruchniki na stole u sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, ularni savdo markazida odamlarning ko‘z o‘ngida pichoqlagandi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand shahridagi savdo markazi hududida xotinini xiyonatda gumonsirab, uni va u bilan birga bo‘lgan erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Okazanie pervoy pomoshi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
Toshkentlik erkak haqorat tufayli ikki kishini pichoqladi
Xabarda yozilishicha, shu kunlarda mazkur ish yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, ish sudda ko‘rib chiqilgan.
Qotillikda ayblanuvchi shaxs bu ishni jahl ustida sodir etgani, o‘sha payt o‘zini yo‘qotib qo‘yganini aytib, qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirdi.
Erkak O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “j” bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Sud unga 22-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.
Eslatib o‘tamiz, qotillik Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi savdo markazlarining birida sodir etilgandi. Pastdarg‘omlik erkak xotini va uning jazmani deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, odamlarning ko‘z o‘ngida ularga pichoq bilan tashlangan. Jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0