Jamiyat

Shaharlararo avtobuslar harakati cheklandi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishAvtobus
Avtobus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Toshkentdan shaharlararo avtobuslar qatnovi vaqtincha cheklangan. "Qamchiq" dovoni orqali yuk mashinalar qatnovi qayta tiklangan.
TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. Ob-havo sharoitlari tufayli viloyatlar bilan avtobus qatnovi vaqtincha toʻxtildi, deb xabar qilmoqda Toshkent avtovokzali.
"Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25-fevral sanasidagi barcha reyslar bekor qilinganligini maʼlum qilamiz", - deyilgan xabarda.
Avtobuslar harakati borasida qoʻshimcha maʼlumotlarni ushbu telefon raqami orqali olish mumkin: (71) 207-87-00.
Oʻtgan tunda Qamchik dovoni orqali yuk mashinalar harakati ham vaqtincha toʻxtatilgan edi. Maʼlum boʻlishicha, kuchli shamol esib qor yoqqan va havo harorati -12 darajaga yetgan. 
P.S. Soʻnggi damda olingan xabarga koʻra, Qamchiq dovonida yuk mashinalari harakati qayta tiklangan.  
"Noqulay ob-havo sabab "Qamchiq" dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlida yuk transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi. Ayni vaqtda dovon yoʻlida yuk avtomobillarining harakatlanishga ruxsat etildi", - deb xabar qilmoqda YHXB matbuot xizmati.
Dovonda ayni damda 15ta mexanizatsiyalashgan otryad tomonidan 24 soat uzuluksiz navbatchilik tashkil etilgan. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala