Toshkentda yo‘l-transport tizimini yaxshilash uchun qanday ishlar rejalashtirilgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v gorode
Avtomobilnoe dvijenie v gorode  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxtda yo‘l-transport tizimini yaxshilash uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda shahardagi 3 ta ko‘chalarda yangi o‘tish joylari ochiladi va yo‘l kengaytiriladi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yo‘l-transport tizimini yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan loyihalar uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish va yangi yo‘llar qurishga oid topshirig‘iga asosan Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va “Kalyon ulastirma” kompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagi uch bosqichda ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Birinchi bosqich. 3 ta ko‘chalarda tez muddatda yangi o‘tish joylarini ochish va yo‘lni kengaytirish ishlari amalga oshiriladi:
  • Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichdan tushgandan so‘ng, Zulfiyaxonim ko‘chasiga o‘tish uchun asosiy qatnov qismidan mahalliy yo‘lga yangi o‘tish joyini ochish;
  • Toshkent xalqa avtomobil yo‘lining 11-kilometrida (To‘sin bozor qarshisida) 250 metr masofada yo‘lni kengaytirish;
  • Al-Xorazmiy – Katta Qa’ni ko‘chalari chorrahasida aylanma harakatni tashkil etish;
Ikkinchi bosqich. 3 ta ko‘chalarning transport o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni hayotga tatbiq etish rejalashtirilgan:
  • Choshtepa - Yangi Sergeli ko‘chalari kesishmasida o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida, kesishmani kengaytirish (parametrlarini o‘zgartirish);
  • Toshkent xalqa avtomobil yo‘li – Samarbonu ko‘chalari kesishmasida mahalliy yo‘lni kengaytirish hisobiga o‘tkazuvchanlikni oshirish;
  • Mustaqillik – Parkent ko‘chalari kesishmasida yashil xudud xisobidan yangi yo‘l ochish rejalashtirilgan.
Uchinchi bosqich. 6 ta ko‘chalarda transport oqimi o‘rganilib, tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bular:
- Yunusobod tumanidagi Qoraqamish ko‘chasini Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bilan bog‘lash uchun yangi yo‘l qurish;
- Muqumiy – Lutfiy - Seul - Nurafshon ko‘chalari kesishmasi parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish;
- Toshkent halqa avtomobil yo‘li - Amir Temur ko‘chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish;
- Shota Rustaveli – Mirobod - Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida aylanma harakatli chorrahani oddiy chorraha turiga o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkazuvchanlikni oshirish.
- Kichik xalqa avtomobil yo‘li bo‘ylab “CRAFERS” korxonasi qarshisida yangi qayrilib olish joyini ochish;
- Seul – Novza – Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida kanal ustidagi ko‘prikni kengaytirish xisobiga kesishma o‘tkazuvchanligini oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tirbandliklar yuzaga kelayotgan o‘ndan ortiq ko‘chada qisqa muddatlarda qo‘shimcha harakat yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0