Migratsiya

Uch kunda 670 nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi

© Press-slujba Agentstva vneshney trudovoy migratsii Uzbekistana Za tri dnya 670 migrantov iz Uzbekistana otpravilis na rabotu v RF v ramkax orgnabora
Za tri dnya 670 migrantov iz Uzbekistana otpravilis na rabotu v RF v ramkax orgnabora - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan ushbu fuqarolar belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli qurilish obʼyektlarida ish boshlaydi.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Uch kunda Toshkent xalqaro aeroportidan 670 nafar oʻzbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga joʻnab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kak proxodit sobesedovaniye dlya rabotы v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2021
Migratsiya
Rossiyaga ishga ketish uchun suhbatlar qanday boʻlib oʻtmoqda
Qayd etilishicha, Rossiyaning koʻplab ish beruvchi korxonalari vakillari mamlakatning turli hududlarida boʻlib, fuqarolar bilan suhbat oʻtkazmoqda.
Suhbatlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolardan 203 nafari 22 fevralda, 246 nafari 23 fevralda, 221 nafari 24 fevralda Rossiyaning “PIK Industriya” AJ, “StroyKraft”, “Texstroy” va “SpetsGrad” MCHJlarda ishlash uchun Toshkent xalqaro aeroporti orqali uchib ketgan.
Shuningdek, 25 fevral kuni yana 200 nafardan ortiq fuqarolarni “PIK Industriya” AJda ishlash uchun tashkillashtirilgan holda joʻnatish rejalashtirilgan.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Migratsiya
Hozir Rossiyaga ishga ketish tartibi qanday - Migratsiya agentligi javobi
Rossiyada ishlash uchun ketayotgan fuqarolarga aeroportda tegishli tushuntirishlar berilib, mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan materiallar tarqatilgan.
Ular belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obʼyektlarda ish boshlaydi.
Oʻzbekistonliklarni Rossiyada transport sohasiga ishga jalb qilish muhokama qilindi
Eslatib oʻtamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish boʻyicha amaliy choralar koʻrmoqda. Natijada rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolar Rossiyaga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala