Analitika

Yaxshi raqqosga "Iskander"lar halal bermoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRaketnыy kompleks "Iskander-M" na tseremonii otkrыtiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma "ARMIYA-2016" vo Vladivostoke
Raketnыy kompleks Iskander-M na tseremonii otkrыtiya Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma ARMIYA-2016 vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Yuqori texnologiyali va yuqori aniqlikdagi qurol-yarogʻ tizimlaridan jangovar foydalanish - mutaxassis-operatorlardan tegishli tayyorgarlik, ishonchli razvedka va zarba konturi tashkil qilish, shuningdek, siyosiy donishmandlik va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikni talab etadi.
Boshqa koordinatlar tizimida eng toʻkis raketalar ham "boshqa tizimdan" boʻlib qolishi, start olmasligi, nishonlar yonidan uchib oʻtishi yoki "10 foizga" portlashi mumkin.
Tanki T-14 Armata  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Analitika
Rus "Armata"si "zagranpasport"li boʻldi: u endi qayerga yoʻl oladi?
1in.am nashriga bergan intervyusida Togʻli Qorabogʻda yaqinda roʻy bergan jangovar harakatlar yakunlariga baho berar ekan, Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qurolining ishonchliligi va jangovar qobiliyatiga shubha bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, "Iskander" tezkor-taktik majmua raketalari yo umuman portlamagan, yo "10 foizga" portlagan (bu borada aniqlik kiritilmagan). Shu bilan birga, Pashinyan armiyada - uning tuzilmalari hamda qurol-aslahalar borasida sezilarli islohotlarni amalga oshirmoqchiligini maʼlum qilgan.
Rossiya razvernula v Sirii ZRK S-400 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Rossiya
“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng soʻnggi qurollari
Armaniston Respublikasi Mudofaa vazirligida bosh vazirning "Iskanderlar" haqidagi turlicha talqin qilinishi mumkin boʻlgan gaplariga izoh berishdan bosh tortishdi. Ehtimol, Pashinyan yetarlicha maʼlumotga ega boʻlmagan, yoki maslahatchilaridan biri tomonidan unga yanglish maʼlumotlar yetkazilgan. Rossiya raketa majmualari taktik-texnik xarakteristikalari va obroʻsi shu darajada yuqoriki, profan(har qanday sohadan bexabar boʻlgan shaxsga nisbatan ishlatiladi - tarj.)lar himoyasiga u muhtoj emas. Rossiya tomonidan jahon qurol bozorining uchdan bir qismi nazorat qilinishi ham bejizdan emas. 2020 yilda Rossiyada qurol-aslahalar eksporti hajmi 13 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ushbu raqam va faktlar aksariyat mamlakatlar mashaqqatli mehnatidan topgan mablagʻlari evaziga, toʻliq bahosida xarid qiladigan mudofaa mahsulotlarining sifatidan dalolat beradi.
Mohir qoʻllarga tushgan "Iskander" TTRM (tezkor-taktik raketa majmuasi) Kavkaz togʻlari va dengizlarda (oʻquv mashqlarida), jangovar holatlarda esa — Suriya va Afrika shimolida nishonlarni muvaffaqiyatli zabt etadi.  Bunday qurolni oʻnlab mamlakatlar sotib olishni xohlagan, va ulardan ayrimlarigina "Iskander-E"ning eksport modifikatsiyasini qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻlgan. Armanistonga omad kulib boqdi, sababi kvaziballiktik manevrlarni amalga oshiradigan, dushman tomonning havodan hujumiga qarshi tutqich bermas, uchish masofasi va aniqliligi boʻyicha taqqoslash mumkin boʻlgan raketalar mavjud emas.

Kvaziballistik vasvasa

Rossiya oʻzining yuqori texnologik imkoniyatlarini barcha mamlakatlar bilan baravar baham koʻrmaydi. Shu fonda Pashinyanning intervyusi ochiq kunda chaqnagan chaqmoqdek boʻldi. "Iskander-M" majmuasi 2006 yilda Rossiya armiyasi qurollari safiga qabul qilingan, oʻz sinfida sayyoradagi "eng yaxshi" deb tan olingan va shu bois "80-yillar quroli" sifatida baholanishi - masxaralashdek tuyuladi.
Tryoxstoronnyaya vstrecha prezidentov Rossii, Azerbaydjana i Armenii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2021
Siyosat
Putin, Aliyev va Pashinyan oʻrtasida toʻrt soatlik muzokaralar yakunlandi: natijalar
Armaniston bosh vazirining Rossiya OTRMga nisbatan ochiqchasiga ayblovli bayonoti bir nechta taxminlar va xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bu yerda sohadan bexabarlik yoki dezinformatsiya eng yomon stsenariy boʻlmasligi mumkin (bu juda oddiy koʻrinmoqda). Ehtimol, Rossiya qurollarini ommaviy ravishda obroʻsizlantirish - "strategik tanlov masala", Armaniston armiyasini tarkibiy va sifat jihatidan isloh qilish boʻyicha allaqanday dasturning bir qismi boʻlishi mumkin, savollar mana shundagina tugʻiladi. Yaqin kelajakda Yerevan qanday qurollarga ega boʻlishni niyat qilmoqda, qaysi standartlarga muvofiq mudofaa qobiliyatini kuchaytirmoqchi? Va, eng muhimi, harbiy qurilishning yangi bosqichi qanday pirovard maqsad bilan boshlanmoqda?
Rossiya Togʻli Qorabogʻ aholisiga qanday yordam bermoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2020
Video
Rossiya Togʻli Qorabogʻ aholisiga qanday yordam bermoqda - video
Qorabogʻdagi kuzgi janglardan soʻng xulosalar chiqarilgan va rejalar tuzilgan deb taxmin qilish mantiqan toʻgʻri. Biroq, eskitdan qolgan: "Gʻalabaning har doim koʻp otalari koʻp boʻladi, magʻlubiyat esa hamisha yetimdir", degan naql bor. Pashinyanning intervyusidan xulosa qilish mumkinki, Mudofaa vazirligi va Bosh shtabda "urush toʻgʻrisida butun haqiqatni isbotlash, aniqlash, koʻrish" boʻyicha koʻplab tahliliy ishlar olib borilmoqda, shu bilan birga 1000 dan ortiq jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan. Bu yerda nima koʻprogʻini tushunish qiyin - haqiqatni izlash va strategiyani tuzatishmi yoki keyingi repressiyalar uchun "aybdorlarni tayinlash". Va magʻlubiyatning asosiy "otalari" javobgarlikdan qochishlari uchun, ularning soni obʼyektiv ravishda nollarsiz sonlar bilan cheklantirilgan.
Spetsialistы protivominnogo tsentra Minoboronы RF pristupili k rabote v Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.11.2020
Kolumnistlar
Nima uchun Gʻarb Togʻli Qorabogʻ boʻyicha erishilgan kelishuvdan norozi
Intervyu matnining milliy xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan kattagina qismida "KXSHT majburiyatlari Armanistonning xalqaro tan olingan chegaralarida shakllantirilishi" haqidagi reveransdan soʻng Tashkilot bilan munosabatlar hech qayerda birorta qator bilan boʻlsa ham yodga olinmagan. KXSHT (ODKB) esa - Armaniston uchun urushdan keyingi notinchlik va Qorabogʻdagi zaif tinchlik sharoitida yagona ishonchli suyanchdir. Tez-tez ishlatiladigan "inqilob" va "Konstitutsiya" soʻzlari oʻz-oʻzidan hech narsani tartibga solmaydi, mamlakat xavfsizligini kafolatlamaydi. Armiya - har qanday davlatning tinchligi, barqarorligi asosidir, ammo aniq rejasiz "muhim islohotlar" haqidagi fikrlar destruktiv (halokatli) koʻrinishga ega. Xuddi Rossiya qurolining past salohiyati, milliy armiyadagi yengib boʻlmas korruptsiya va Harbiy texnik hamkorlik liniyasi boʻyicha tutash postavkalarga shama tariqasida bildirilgan sayoz fikrlar singari.

Tutqich bermas va juda kuchli

"Iskander-M" raketa majmuasi 500 km masofada yuqori aniqlik bilan dushmanning juda muhim obʼyektlari (harbiy bazalari, qoʻmondonlik punktlari va aloqa uzellari, raketa majmualari, aerodromlardagi samolyot va vertolyotlari)ni yoʻq qilishga moʻljallangan (Armaniston 300 km masofadan nishonga olishga qodir "Iskander-E" TTRM eksport varinatlariga ega.
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferentsiyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Siyosat
Bunaqasi dunyoda hech kimda yoʻq - Putin yangi qurol haqida
Majmuaning asosiy afzalliklari: strategik mobillik, harbiy navbatchilikni yashirin tarzda olib borish va raketa zarbalarini berish imkoniyati, avtomatik hisob va uchish topshirigʻini kiritish, olovli va radioelektron qarshilik sharoitlarida ham jangovar vazifalarni katta ehtimol bilan bajarishga qodirlik.
Jangovar samaradorlik ikki turdagi - ballistik va qanotli raketalardan foydalanish evaziga oshirilgan. Marshdan birinchi raketaning uchirilishi - sanoqli daqiqalarni oladi, pusklar oʻrtasidagi interval — bir daqiqa. Raketaning uchish tezligi — soatiga 7200 kmdan ortiq (yaʼni uchish 3-4 daqiqani oladi). Trayektoriyaning dastlabki va yakuniy uchastkalarida boshlangʻich massasi 4 tonnaga teng boʻlgan 9M723K1 raketasi soniyasiga 2000 m dan yuqori tezlikda harakatlanadi, kvazi-ballistik (hisoblanmaygan) egri chiziq boʻylab harakat qiladi va 30g gacha boʻlgan ortiqcha yuk bilan manyovlarni amalga oshiradi (bu esa mavjud boʻlgan barcha havodan hujum mudofaasi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari yordamida raketani tutib olishni yoʻqqa chiqaradi).
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2020
Dunyoda
Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga vaʼda berdi
"Iskander"ning har bir pusk ustanovkasi mobil va avtonomdir. U istalgan joyda va istalgan vaqtda, hatto razvedka sunʼiy yoʻldoshlari yoki aviatsiyalardan mustaqil ravishda harakatlana oladi. Nishonga toʻgʻrilash uchun dastur, inertsial navigatsiya tizimi GLONASS sunʼiy yoʻldoshlari signallaridan foydalaniladi. Raketalarni parvoz vaqtida qayta yoʻnaltirish mumkin, bu esa harakatchan nishonlarga hujum qilish imkonini beradi, xususan, dushman HDK ga ham. Final uchastkada aqlli oʻz-oʻzini yoʻnaltirish optik golovka aktivlashtiriladi, u noyob aniqlikni taʼminlaydi. 9M728 yoki R-500 boyegolovkalari nishondan 1 metrdan oshiq ogʻmaydi. "Iskander"ning yuqori aniqlikka ega raketalari kichik qaytarish sathlariga, parvozda murakkab trayektoriyalarga ega (gazodinamik va aerodinamik rullar yordamida boshqariladi). Majmu ikki tipdagi raketalarga ega: aeroballistik 9M723 — 50 km boʻlgan balandlikda kvaziballikstik trayektoriyalar boʻyicha uchadi, qanotli 9M728 yoki R-500 — kichik balandliklarda nishonga boradi.
Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2019
Dunyoda
Putin: Trampga gipertovushli qurolimizni sotib olishni taklif qildim
"Iskander-M" TTRK chet elning eng yaxshi tezkor-taktik majmualari(LORA, Lance, ATACMS, Pluton)dan aniqlilik, raketalarni puskka tayyorlash boʻyicha tezkorlik va boshqa xarakteristikalar jihatdan ancha ustun. Unga oʻxshashlik jihatdan eng yaqini — isroilning LORA tezkor-taktik majmuasidir, ammo u ham masofa va aniqlilik boʻyicha "Iskander"dan ortda qoladi (shu bilan birga "Lora" raketalari oldindan taxmin qilish mumkin boʻlgan ballistik trayektoriya boʻylab harakatlanadi). Amerikaliklar ortda qolmoqda — 2020 yilda ATACMS "antikvar" majmuasini modernizatsiyalashdan voz kechishdi va endi-endi uchish masofasi 300 km gacha boʻlgan M270 MLRS va HIMARS zal bilan oʻt ochish reaktiv tizimlari uchun yuqori aniqlikdagi zarba beruvchi raketani yaratishni boshladilar.
Rossiya Federatsiyasining obroʻli mutaxassislari prognozlariga koʻra, "Iskander"larning chet el analoglari 2025 yilgacha paydo boʻlmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala