Siyosat

Kamilov mart oyining boshida Rossiyaga keladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga boʻlajak tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotgan hamkorlik hujjatlarini tayyorlashga alohida eʼtibor beriladi.
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 1-2 mart kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda xabar qildi.
Oʻzbekiston TIV rahbari ishchi tashrifi doirasida rossiyalik hamkasabasi Sergey Lavrov bilan uchrashadi. Uchrashuv doirasida Rossiya va Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligi masalalari muhokama qilinadi. 
Undan tashqari uchrashuv kun dasturidan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga kutilayotgan davlat tashrifi doirasida imzolanishi kutilayotgan davlatlararo, hukumatlararo va muassasalararo hujjatlarini tayyorlashga alohida eʼtibor beriladi, - dedi Zaxarova. 
Eslatib oʻtmiz Shavkat Mirziyoyevning Rosiyaga davtlat tashrifi 2020 yilda boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin koronavirus pandemiyasi tufayli kiritlgan cheklovlar tufayli tashrif qoldirilgan edi. Ikki davlat muassasalari ushbu imkoniyatdan oʻzaro hamkorlik hujjatlarini yanada puxtaroq tayyorlab olish maqsadida foydalanishmoqda. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala