https://oz.sputniknews-uz.com/20210226/Murodov-afon-urushida-bedarak-ketgan-yana-olti-askar-abrlari-topilganini-malum-ildi-16086197.html
Murodov afgʻon urushida bedarak ketgan yana olti askar qabrlari topilganini maʼlum qildi
Murodov afgʻon urushida bedarak ketgan yana olti askar qabrlari topilganini maʼlum qildi
VETERAN birlashmasi raisi Talʼat Murodov Afgʻonistonda jang qilgan veteranlar koronavirus pandemiyasi vaqtida qanday qoʻllab-quvvatlangani, Afgʻoniston Islom... 26.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-26T19:27+0500
2021-02-26T19:27+0500
2021-02-26T19:27+0500
jamiyat
afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1063/44/10634479_0:0:2878:1628_1920x0_80_0_0_74ccd67ff95a1d60bd27c229af3d9538.jpg
Talʼat Murodovning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi vaqtida VETERAN birlashmasi oʻz xodimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bir qancha choralar koʻrgan."Birgalikda biz kuchmiz!" jamgʻarmasi bilan birgalikda birlashma pandemiya davomida Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi afgʻon jangchilariga yordam berib kelgan."Oʻtgan yilning may oyida respublikamizda roʻy bergan fojia - Sardoba suv omborida yuz bergan oʻpirilish vaqtida bizning 18 nafar xodimimiz ham jabr chekkan. Birlashmamiz tomonidan ularga yangi buyumlar: poyabzal, issiq kiyim-kechak, yopinchiqlar yetkazib berildi, sababi, ular boshpanasiz qolishgan edi", — deb hikoya qildi Talʼat Murodov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida.Afgʻonistondagi urushda Oʻzbekistondan 65 000 nafar veteranlar ishtirok etgan, ulardan 2000 nafari nogiron boʻlib qaytishgan, keyinchalik nogironlar soni 5000 nafarga yetgan, 1 565 ming oʻzbek oʻgʻlonlari bu urushda halok boʻlishgan, 33 nafari bedarak ketgan. Mustaqillik yillarida bedarak ketgan hisoblangan askarlarning toʻrt nafari tirik topilgan va vatanga qaytarilgan. Ammo 29 nafar askar topilgan emas, ularni ota-onalari, yaqinlari haligacha kutishadi. Oʻtgan yilning yoz faslida Oʻzbekiston hukumati afgʻon urushida bedarak ketgan askarlarni qidirish ishlarini moliyalashtirish haqida qaror qabul qilgan.Murodovning aytishicha, joriy yil fevral oyining boshida baynalminal jangchilar qoʻmitasi vakillaridan iborat delegatsiya Afgʻonistonga uchgan. Afgʻonistonda tashkil etilgan uchrashuvlar natijasida delegatsiya aʼzolariga toʻrtta qabr koʻrsatilgan. Shuningdek, tatar diasporasi tomonidan yana ikkita qabr aniqlangani maʼlum qilingan."Bedarak yoʻqolgan askarlarni qidirish ishlari olib borilyapti va soʻnggi askarni topgunga qadar davom ettiriladi", - dedi Murodov.Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahrida afgʻon urushi veteranlari "Baynalminal-jangchi" ordenlari bilan taqdirlandilar.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210226/Toshkentda-afon-urushi-veteranlari-ordenlar-bilan-tadirlandi-16082378.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20171203/6980517.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/1063/44/10634479_0:0:2878:1810_1920x0_80_0_0_fcbadf0ad135dc2e45316b5a5a6d0951.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida
Murodov afgʻon urushida bedarak ketgan yana olti askar qabrlari topilganini maʼlum qildi
VETERAN birlashmasi raisi Talʼat Murodov Afgʻonistonda jang qilgan veteranlar koronavirus pandemiyasi vaqtida qanday qoʻllab-quvvatlangani, Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida urush vaqtida bedarak yoʻqolgan jangchilarni qidirish ishlari qanday kechayotgani haqida gapirdi
Talʼat Murodovning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi vaqtida VETERAN birlashmasi oʻz xodimlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bir qancha choralar koʻrgan.
"Birgalikda biz kuchmiz!" jamgʻarmasi bilan birgalikda birlashma pandemiya davomida Oʻzbekistonda istiqomat qiluvchi afgʻon jangchilariga yordam berib kelgan.
"Oʻtgan yilning may oyida respublikamizda roʻy bergan fojia - Sardoba suv omborida yuz bergan oʻpirilish vaqtida bizning 18 nafar xodimimiz ham jabr chekkan. Birlashmamiz tomonidan ularga yangi buyumlar: poyabzal, issiq kiyim-kechak, yopinchiqlar yetkazib berildi, sababi, ular boshpanasiz qolishgan edi", — deb hikoya qildi Talʼat Murodov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
Afgʻonistondagi urushda Oʻzbekistondan 65 000 nafar veteranlar ishtirok etgan, ulardan 2000 nafari nogiron boʻlib qaytishgan, keyinchalik nogironlar soni 5000 nafarga yetgan, 1 565 ming oʻzbek oʻgʻlonlari bu urushda halok boʻlishgan, 33 nafari bedarak ketgan. Mustaqillik yillarida bedarak ketgan hisoblangan askarlarning toʻrt nafari tirik topilgan va vatanga qaytarilgan. Ammo 29 nafar askar topilgan emas, ularni ota-onalari, yaqinlari haligacha kutishadi. Oʻtgan yilning yoz faslida Oʻzbekiston hukumati afgʻon urushida bedarak ketgan askarlarni qidirish ishlarini moliyalashtirish haqida qaror qabul qilgan.
Murodovning aytishicha, joriy yil fevral oyining boshida baynalminal jangchilar qoʻmitasi vakillaridan iborat delegatsiya Afgʻonistonga uchgan. Afgʻonistonda tashkil etilgan uchrashuvlar natijasida delegatsiya aʼzolariga toʻrtta qabr koʻrsatilgan. Shuningdek, tatar diasporasi tomonidan yana ikkita qabr aniqlangani maʼlum qilingan.
"Bedarak yoʻqolgan askarlarni qidirish ishlari olib borilyapti va soʻnggi askarni topgunga qadar davom ettiriladi", - dedi Murodov.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahrida afgʻon urushi veteranlari "Baynalminal-jangchi" ordenlari bilan taqdirlandilar.