Dunyoda

Oʻzbekistondagi “dinozavrlar qabristoni”da noyob topilma aniqlandi

CC0 / Unsplash / Jay Heike Kost dinozavra. Illyustrativnoye foto
Kost dinozavra. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Arxeologlar Oʻzbekiston Qizilqum choʻlida fanga maʼlum boʻlmagan dinozavr turini aniqlashdi. Dinozavrlar Osiyo qitʼasining eng gʻarbiy qismida joylashgan qirgʻoq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qitʼalarga hali ajralmagan paytda yashagan.
TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Arxeologlar Oʻzbekiston Qizilqum choʻlida fanga maʼlum boʻlmagan dinozavr turi qoldiqlarini qazib olishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar qildi.
CC BY 4.0 / Alexander Averianov / Life reconstruction of Dzharatitanis kingi (Averianov & Sues, 2021).Kak vыglyadel djaratitanis, kotorыy suщestvoval v Melovoy period (ot 145,5 do 65,5 mln let nazad).
Kak vыglyadel djaratitanis, kotorыy suщestvoval v Melovoy period (ot 145,5 do 65,5 mln let nazad).  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Unga Dzharatitanis kingi nom berilgan. U sayyorada yashagan eng katta jonzot - diplodokning eng yaqin qarindoshi boʻlgan.
Dinozavrlar Osiyo qitʼasining eng gʻarbiy qismida joylashgan qirgʻoq tekisligida bundan 100 million yil oldin, Yer qitʼalarga hali ajralmagan paytda yashagan. Uning xivichsimon dumi va uzun boʻyni sabab baland daraxtlardan ozuqa yeya olgan.
Dinozavr dum suyagi Qizilqum choʻlidagi “dinozavrlar qabristoni” deb ataluvchi makondan xalqaro arxeologlar jamoasi tomonidan qazib olingan.
Dzharatitanis kingi kichikroq bosh va oʻtkir tishlarga ega boʻlgan. Bu unga daraxtlarning shoxlarini kesib olish imkonini bergan. U bundan 145,5 million yil oldin boshlanib, 65,5 million yil oldin yakunlangan Boʻr davrida yashagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala