https://oz.sputniknews-uz.com/20210226/Toshkentda-afon-urushi-veteranlari-ordenlar-bilan-tadirlandi-16082378.html
Toshkentda afgʻon urushi veteranlari ordenlar bilan taqdirlandi
Toshkentda afgʻon urushi veteranlari ordenlar bilan taqdirlandi
Ordenlarni oʻz egalariga topshirishda Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi yordamchisi Moʻminxon... 26.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-26T13:23+0500
2021-02-26T13:23+0500
2021-02-26T18:50+0500
jamiyat
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1a/16082003_0:359:2730:1903_1920x0_80_0_0_cb39674a7ea6b01f1fde7a26cee5e0fd.jpg
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Toshkentda afgʻon urushi veteranlari "Baynalminal jangchi" jamoatchilik eʼtirofi ordeni bilan taqdirlandilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.Taqdirlash marosimi Oʻzbekiston "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Respublika kengashining XIII plenumi boshlanishi avvalida boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston "Veteran" birlashmasi rahbari Talʼat Muradov tadbir ishtirokchilariga Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi Aleksandr Kovalevning murojaatini oʻqib eshittirdi."2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida, shuningdek Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilgani 30 yilligini nishonlash davomida Oʻzbekiston Respublikasi Kengashi hayʼati aʼzolari, shuningdek, nogironligi bor faxriy jangchilar uyushmasining faol aʼzolari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. MDH Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi va Oʻzbekiston nogiron faxriylari uyushmasi ustav vazifalarini amalga oshirish boʻyicha olib borilgan ishlar natijalaridan kelib chiqib, sizlardan quyidagi insonlarni "jamoatchilik eʼtirofi" ordenlari bilan taqdirlashingizni soʻrayman", deya Kovalev xatini oʻqib eshittirdi "Veteran" uyushmasi raisi Talʼat Murodov.Ordenlarni oʻz egalariga topshirishda Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi yordamchisi Moʻminxon Xodjayev ishtirok etdi.Orden bilan taqdirlanganlar:Professor, tarix fanlari doktori, kengash aʼzosi Yusuf Abdullayev - 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtiroki va Chirchiq shahrida baynalminal jangchilarga qoʻyilgan yodgorliklar restavratsiyasini moliyalashtirishdagi ishtiroki uchun;Valeriy Tyan, Vazirlar Mahkamasi xalqaro masalalar boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari - 2019 yilda, senator Valeriy Tyan 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtirok etgan;Ilimdar Ilyasov, zaxiradagi polkovnik, "Veteran" birlashmasi raisining birinchi oʻrinbosari - 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida shtab rahbari sifatida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtiroki uchun; harbiy vatanparvarlik ruhidagi "Turon patriot" nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etishdagi ishtiroki va birlashma nizomidagi vazifalarning bajarilishida qoʻshgan ulkan hissasi uchun;Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi kuch tuzilmalari bilan ishlash boʻyicha departament rahbari, polkovnik Hamdam Berdibayev; Musallim Nuriddinov - Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyi direktori; Alisher Inakov - Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori "Baynalminal jangchi" jamoatchilik eʼtirofi ordeni, "Veteran" birlashmasining 2019 yilda matbuot-xizmati rahbari, jurnalist Mohigul Suvonova - Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasining oliy mukofoti - esdalik medali bilan taqdirlandilar.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210225/ODKB-shtab-boshlii-Afonistondan-kelatgan-tadidlarni-sanab-tdi-16075733.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20190126/Muradov-zbekistonliklar--z-atini-khatarga-yib-Afoniston-uchun-temir-yl-urganlar-10636943.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1a/16082003_0:273:2730:1989_1920x0_80_0_0_fb4cfca1a0c38a45cb582b59b82960eb.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Toshkentda afgʻon urushi veteranlari ordenlar bilan taqdirlandi
13:23 26.02.2021 (yangilandi: 18:50 26.02.2021) Ordenlarni oʻz egalariga topshirishda Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi yordamchisi Moʻminxon Xodjayev ishtirok etdi.
TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Toshkentda afgʻon urushi veteranlari "Baynalminal jangchi" jamoatchilik eʼtirofi ordeni bilan taqdirlandilar, deb xabar qilmoqda
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.
Taqdirlash marosimi Oʻzbekiston "Veteran" jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi Respublika kengashining XIII plenumi boshlanishi avvalida boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston "Veteran" birlashmasi rahbari Talʼat Muradov tadbir ishtirokchilariga Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi Aleksandr Kovalevning murojaatini oʻqib eshittirdi.
"2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida, shuningdek Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqilgani 30 yilligini nishonlash davomida Oʻzbekiston Respublikasi Kengashi hayʼati aʼzolari, shuningdek, nogironligi bor faxriy jangchilar uyushmasining faol aʼzolari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi. MDH Hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi va Oʻzbekiston nogiron faxriylari uyushmasi ustav vazifalarini amalga oshirish boʻyicha olib borilgan ishlar natijalaridan kelib chiqib, sizlardan quyidagi insonlarni "jamoatchilik eʼtirofi" ordenlari bilan taqdirlashingizni soʻrayman", deya Kovalev xatini oʻqib eshittirdi "Veteran" uyushmasi raisi Talʼat Murodov.
Ordenlarni oʻz egalariga topshirishda Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasi raisi yordamchisi Moʻminxon Xodjayev ishtirok etdi.
Orden bilan taqdirlanganlar:
Professor, tarix fanlari doktori, kengash aʼzosi Yusuf Abdullayev - 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtiroki va Chirchiq shahrida baynalminal jangchilarga qoʻyilgan yodgorliklar restavratsiyasini moliyalashtirishdagi ishtiroki uchun;
Valeriy Tyan, Vazirlar Mahkamasi xalqaro masalalar boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari - 2019 yilda, senator Valeriy Tyan 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtirok etgan;
Ilimdar Ilyasov, zaxiradagi polkovnik, "Veteran" birlashmasi raisining birinchi oʻrinbosari - 2019 yil 2 fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan baynalminal jangchilar qoʻmitasi yigʻilishini tayyorlash paytida shtab rahbari sifatida hujjatlarni tayyorlashda faol ishtiroki uchun; harbiy vatanparvarlik ruhidagi "Turon patriot" nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etishdagi ishtiroki va birlashma nizomidagi vazifalarning bajarilishida qoʻshgan ulkan hissasi uchun;
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi kuch tuzilmalari bilan ishlash boʻyicha departament rahbari, polkovnik Hamdam Berdibayev; Musallim Nuriddinov - Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyi direktori; Alisher Inakov - Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori "Baynalminal jangchi" jamoatchilik eʼtirofi ordeni, "Veteran" birlashmasining 2019 yilda matbuot-xizmati rahbari, jurnalist Mohigul Suvonova - Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi huzuridagi baynalminal jangchilar qoʻmitasining oliy mukofoti - esdalik medali bilan taqdirlandilar.