https://oz.sputniknews-uz.com/20210227/Irodangni-sindirishadi-Butina-amerika-turmalaridagi-iynolar-aida-gapirdi-16089482.html
Butina amerika turmalaridagi qiynoqlar haqida gapirdi
Butina amerika turmalaridagi qiynoqlar haqida gapirdi
Butinaning aytishicha, uni kartserga oʻtkazib, u yerda toʻrt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar boʻyicha kartserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin... 27.02.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-02-27T18:03+0500
2021-02-27T18:03+0500
2021-02-27T18:07+0500
dunyoda
yangiliklar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1b/16089518_0:0:3072:1738_1920x0_80_0_0_d29ffe37936aab53c19d9a5c71278b01.jpg
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Amerika qamoqxonasidan ozod qilingan rossiyalik, jamoatchilik palatasi aʼzosi Mariya Butina "NTV" uchun suratga olingan filmda amerika turmasida boshidan kechirganlari haqida soʻzladi."Roʻy bergan voqealarni xolokostga qiyoslash mumkin, axir bu millatingiz tufayli taʼqib edi-da. Hozir esa rossiyalik vatandoshlarimizni ham xuddi shunday millati va fuqaroligi uchun taʼqib qilishmoqda", - dedi u.Butinaning aytishicha, uni kartserga oʻtkazib, u yerda toʻrt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar boʻyicha kartserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin boʻlmagan."Tunda har 15 daqiqada svetni yoqishib: "Are you okay?" (Yaxshimisan?) deb soʻrashadi. To ularga javob bermaguningga qadar seni uygʻotaverishadi", - dedi Butina.Bundan tashqari, Butinani allaqanday preparatlar qabul qilishga majbur etmoqchi boʻlishgan."Ular odamni urmaydi, shunchaki ruhan qiynashadi, psixotrop preparatlar ichishga majbur etishadi, chunki ular taʼsirida tergov qilish osonroq", - deydi Mariya.Butinaning aytishicha, kuniga besh mahaldan nazoratchilar uning kamerasiga kelib, kontrabanda borligi gumoni ostida uni yalangʻoch qilib yechintirishgan.Rossiyalikning soʻzlariga koʻra, kamerada deyarli hech qachon svet oʻchirilmagan. Boz ustiga, nazoratchilar hamisha baland chiyildoq ovoz chiqishini taʼminlab berganlar."Yaʼni ular hamisha shu chiyildoq ovoz bilan ham moʻrtlashib qolgan ruhiyatingizga taʼsir oʻtkazishadi. Irodangizni tamomila sindirishadi", - deb xotima qildi Butina.Butina 2018 yilning iyulida qoʻlga olingan va "noqonuniy chet el agenti boʻlish maqsadida til biriktiruv" ayblovi bilan 18 oyga qamalgan. 2019 yilning oktyabrida Butina ozodlikka chiqarilgan va Rossiyaga deport qilingan edi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210203/Nima-uchun-Mariya-Butina-TIV-abullar-uyi-nida-yakka-zi-piketga-chidi-15926646.html
https://oz.sputniknews-uz.com/20191026/Mariya-Butina-amerika-turmasi---bu-dzakh-12686466.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/02/1b/16089518_0:0:3072:1930_1920x0_80_0_0_bed466072447f1605f6c62bd809132b0.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Butina amerika turmalaridagi qiynoqlar haqida gapirdi
18:03 27.02.2021 (yangilandi: 18:07 27.02.2021) Butinaning aytishicha, uni kartserga oʻtkazib, u yerda toʻrt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar boʻyicha kartserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin boʻlmagan.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Amerika qamoqxonasidan ozod qilingan rossiyalik, jamoatchilik palatasi aʼzosi Mariya Butina "NTV" uchun suratga olingan filmda amerika turmasida boshidan kechirganlari haqida soʻzladi.
"Roʻy bergan voqealarni xolokostga qiyoslash mumkin, axir bu millatingiz tufayli taʼqib edi-da. Hozir esa rossiyalik vatandoshlarimizni ham xuddi shunday millati va fuqaroligi uchun taʼqib qilishmoqda", - dedi u.
Butinaning aytishicha, uni kartserga oʻtkazib, u yerda toʻrt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar boʻyicha kartserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin boʻlmagan.
"Tunda har 15 daqiqada svetni yoqishib: "Are you okay?" (Yaxshimisan?) deb soʻrashadi. To ularga javob bermaguningga qadar seni uygʻotaverishadi", - dedi Butina.
Bundan tashqari, Butinani allaqanday preparatlar qabul qilishga majbur etmoqchi boʻlishgan.
"Ular odamni urmaydi, shunchaki ruhan qiynashadi, psixotrop preparatlar ichishga majbur etishadi, chunki ular taʼsirida tergov qilish osonroq", - deydi Mariya.
Butinaning aytishicha, kuniga besh mahaldan nazoratchilar uning kamerasiga kelib, kontrabanda borligi gumoni ostida uni yalangʻoch qilib yechintirishgan.
Rossiyalikning soʻzlariga koʻra, kamerada deyarli hech qachon svet oʻchirilmagan. Boz ustiga, nazoratchilar hamisha baland chiyildoq ovoz chiqishini taʼminlab berganlar.
"Yaʼni ular hamisha shu chiyildoq ovoz bilan ham moʻrtlashib qolgan ruhiyatingizga taʼsir oʻtkazishadi. Irodangizni tamomila sindirishadi", - deb xotima qildi Butina.
Butina 2018 yilning iyulida qoʻlga olingan va "noqonuniy chet el agenti boʻlish maqsadida til biriktiruv" ayblovi bilan 18 oyga qamalgan. 2019 yilning oktyabrida Butina ozodlikka chiqarilgan va Rossiyaga deport qilingan edi.