Siyosat

Kamilov Qirgʻiziston prezidenti bilan uchrashdi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Bugun, 27-fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Siyosat
Kamilov Osiyo davlatlarini turizmni ragʻbatlantirishga chaqirdi
Vazir Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga yoʻllagan maktubini topshirdi.
Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
Markaziy Osiyoda soʻnggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yoʻl ochadigan transport yoʻlaklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, oʻz navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala