Mirziyoyev xotin-qizlar duch kelayotgan muammolarni sanab oʻtdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Yigʻilishda ayollarni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik yordam qamrovini kengaytirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Jenщina zakrыvayet litso - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Jamiyat
Ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi
 
Yigʻilishda ayollarni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik yordam qamrovini kengaytirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
"Eng ogʻir, murakkab masalalarimiz ayollar boʻyicha. Xalqimizning talabi oʻsib borayapti. Biz shu talablarga munosib sharoit yaratib berishimiz kerak. Buni chuqur his qilmagan odam rahbar boʻlib ishlolmaydi", – dedi Mirziyoyev.
 
Hokimlar va sektor rahbarlariga "ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga tadbirkor boʻlish istagini bildirgan "ayollar daftari"dagi 70 mingga yaqin xotin-qizlarni biznes va mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari bu borada nodavlat tashkilotlar xotin-qizlarga eng yaqin koʻmakchi boʻlib kelayotganini, bunday muassasalarga joy ajratib, grantlar berish kerakligini taʼkidladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtayotgan har bir tumandagi kollejlarning boʻsh turgan qismini oʻquv xonasi va ishlab chiqarish tsexi tashkil etish uchun tadbirkorlarga 30 yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga berish vazifasi qoʻyildi. Bunga Bandlik jamgʻarmasidan 70 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Vitrina s lekarstvennыmi preparatami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2020
Jamiyat
Ayollar va bolalar qaysi dorilar bilan bepul taʼminlanadi
Shuningdek, 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki orqali 2 trillion soʻm kreditlar yoʻnaltiriladi.
"Oliy maʼlumotli boʻlishni istagan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi. Yaʼni, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning shartnoma toʻlovi hokimlik va oliy oʻquv yurti hisobidan qoplab beriladi. Bu yangi tizim. Ilgari bunday qilolmasdik. Endi imkoniyat bor", – dedi prezident.   
Yigʻilishda ayollar salomatligini saqlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Joylarda, ayniqsa, chekka hududlarda tibbiy xizmatlar sifati talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Selskiye jenщinы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2020
Jamiyat
Yangi tizim: Oʻzbekistonda ishsiz ayollar daftari shakllantiriladi
Misol uchun, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tugʻish yoshidagi ayollarning 30 foizida kamqonlik aniqlangan. Bundan tashqari, xotin-qizlar oʻrtasida nafas olish, hazm qilish aʼzolari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ham koʻp.
Shu kabi, tibbiy yordamga muhtojligi aniqlangan 44 ming nafar xotin-qizlarni alohida nazoratga olib, tibbiyot brigadalariga biriktirish, tor doiradagi shifokorlarni jalb qilgan holda, ularni davolash boʻyicha topshiriqlar berildi.
Joriy yil yakuniga qadar qariyb 9 million ayolni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan, jumladan, saraton skriningidan oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. Onkologik kasalliklarni profilaktika qilish maqsadida 323 ming nafar qizlar odam papillomasi virusiga qarshi emlanishi aytildi.
Xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini kengaytirish, jismoniy tarbiya va raqs toʻgaraklarini koʻpaytirish zarurligi qayd etildi. Ayollarning mamlakat boʻylab sayohatlarini, sanatoriylarda davolanishini tashkillashtirish yuzasidan koʻrsatma berildi.
Marufova Gulnora Maxmudovna, pervыy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.10.2020
Analitika
Oiladagi zoʻravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
Yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish va toʻlovlarini qoplash borasida ham yengilliklar beriladigan boʻldi.
Muammolar muhokama qilinar ekan, uy-joy masalasi albatta oʻrtaga chiqadi. Chunki oilaviy ajrashishlar, ishsizlik, yetishmovchilik oqibatida uyga muhtoj boʻlib yashayotgan ayollar hali ham koʻp. Davlatimiz rahbari buni chuqur his qiladi va doim ularga munosib sharoit yaratishni nazarda tutadi. Soʻnggi yillarda minglab muhtoj ayollarga yangi turar joylar topshirildi. Qolaversa, kam taʼminlangan xotin-qizlar uy olishi uchun boshlangʻich badal pulini toʻlab berish tizimi joriy etilgan.
Videoselektor yigʻilishida bu dolzarb masala boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi. Vaqtincha noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy bilan taʼminlash uchun har bir hududga 10 milliard soʻmdan, otasidan ayrilgan muhtoj qizlar manfaati uchun 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratilishi aytildi.
Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2020
Jamiyat
Ruhiy va jismoniy zoʻravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati
Bu mablagʻlar uy-joyning boshlangʻich toʻlovini toʻlab berishga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun 11 milliard soʻm ajratiladi.
Ayollarga, shu jumladan, tazyiqqa uchraganlarga malakali psixologik va huquqiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, oʻz sohalarida erishgan yutuqlarini ragʻbatlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etish taklifi ilgari surildi.
Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar va xotin-qizlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala