Mirziyoyev xotin-qizlar duch kelayotgan muammolarni sanab o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda ayollarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik yordam qamrovini kengaytirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Jenshina zakrivayet litso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2020
Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun yangi mobil ilovasi ishga tushirildi
 
Yig‘ilishda ayollarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga tibbiy va psixologik yordam qamrovini kengaytirish, oilaviy ajralishlarning oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
"Eng og‘ir, murakkab masalalarimiz ayollar bo‘yicha. Xalqimizning talabi o‘sib borayapti. Biz shu talablarga munosib sharoit yaratib berishimiz kerak. Buni chuqur his qilmagan odam rahbar bo‘lib ishlolmaydi", – dedi Mirziyoyev.
 
Hokimlar va sektor rahbarlariga "ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasiga tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan "ayollar daftari"dagi 70 mingga yaqin xotin-qizlarni biznes va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari bu borada nodavlat tashkilotlar xotin-qizlarga eng yaqin ko‘makchi bo‘lib kelayotganini, bunday muassasalarga joy ajratib, grantlar berish kerakligini ta’kidladi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tayotgan har bir tumandagi kollejlarning bo‘sh turgan qismini o‘quv xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun tadbirkorlarga 30-yilgacha muddatga imtiyozli ijaraga berish vazifasi qo‘yildi. Bunga Bandlik jamg‘armasidan 70 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Vitrina s lekarstvennimi preparatami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2020
Ayollar va bolalar qaysi dorilar bilan bepul ta’minlanadi
Shuningdek, 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki orqali 2 trillion so‘m kreditlar yo‘naltiriladi.
"Oliy ma’lumotli bo‘lishni istagan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi. Ya’ni, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning shartnoma to‘lovi hokimlik va oliy o‘quv yurti hisobidan qoplab beriladi. Bu yangi tizim. Ilgari bunday qilolmasdik. Endi imkoniyat bor", – dedi prezident.   
Yig‘ilishda ayollar salomatligini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Joylarda, ayniqsa, chekka hududlarda tibbiy xizmatlar sifati talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Selskie jenshini Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2020
Yangi tizim: O‘zbekistonda ishsiz ayollar daftari shakllantiriladi
Misol uchun, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida tug‘ish yoshidagi ayollarning 30 foizida kamqonlik aniqlangan. Bundan tashqari, xotin-qizlar o‘rtasida nafas olish, hazm qilish a’zolari, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ham ko‘p.
Shu kabi, tibbiy yordamga muhtojligi aniqlangan 44 ming nafar xotin-qizlarni alohida nazoratga olib, tibbiyot brigadalariga biriktirish, tor doiradagi shifokorlarni jalb qilgan holda, ularni davolash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Joriy yil yakuniga qadar qariyb 9 million ayolni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan, jumladan, saraton skriningidan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Onkologik kasalliklarni profilaktika qilish maqsadida 323 ming nafar qizlar odam papillomasi virusiga qarshi emlanishi aytildi.
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini kengaytirish, jismoniy tarbiya va raqs to‘garaklarini ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. Ayollarning mamlakat bo‘ylab sayohatlarini, sanatoriylarda davolanishini tashkillashtirish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Marufova Gulnora Maxmudovna, perviy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2020
Oiladagi zo‘ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
Yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish va to‘lovlarini qoplash borasida ham yengilliklar beriladigan bo‘ldi.
Muammolar muhokama qilinar ekan, uy-joy masalasi albatta o‘rtaga chiqadi. Chunki oilaviy ajrashishlar, ishsizlik, yetishmovchilik oqibatida uyga muhtoj bo‘lib yashayotgan ayollar hali ham ko‘p. Davlatimiz rahbari buni chuqur his qiladi va doim ularga munosib sharoit yaratishni nazarda tutadi. So‘nggi yillarda minglab muhtoj ayollarga yangi turar joylar topshirildi. Qolaversa, kam ta’minlangan xotin-qizlar uy olishi uchun boshlang‘ich badal pulini to‘lab berish tizimi joriy etilgan.
Videoselektor yig‘ilishida bu dolzarb masala bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilandi. Vaqtincha noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy bilan ta’minlash uchun har bir hududga 10 milliard so‘mdan, otasidan ayrilgan muhtoj qizlar manfaati uchun 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi aytildi.
Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenshina iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2020
Ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati
Bu mablag‘lar uy-joyning boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasi uchun 11 milliard so‘m ajratiladi.
Ayollarga, shu jumladan, tazyiqqa uchraganlarga malakali psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, o‘z sohalarida erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklifi ilgari surildi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar va xotin-qizlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0