Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting

Shveytsariyada kamida 16 kishi COVID-19ga qarshi emlash ishlaridan soʻng vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya
Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Regulyator vaktsinatsiyadan soʻng yuzaga kelgan noxush reaktsiyalar haqidagi 364ta xabarni oʻrganib chiqqan, ulardan 199tasi Pfizer preparati, 154tasi esa — Moderna tomonidan taqdim etilgan vaktsina bilan bogʻliq boʻlgan.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Kamida 16 inson Shveytsariyada koronavirusga qarshi vaktsinatsiyadan soʻng olamdan oʻtdi, deb xabar bermoqda Shveytsariyaning dorilar bozori boʻyicha nazorat organi Swissmedic.
Vaktsina Pfizer-BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Dunyoda
Le Monde: YEI Pfizer vaktsinasini bosim ostida maʼqulladi, buning dalili bor
Regulyator vaktsinatsiyadan soʻng yuzaga kelgan noxush reaktsiyalar haqidagi 364ta xabarni oʻrganib chiqqan, ulardan 199tasi Pfizer preparati, 154tasi esa — Moderna tomonidan taqdim etilgan vaktsina bilan bogʻliq boʻlgan. Shuningdek, 95 ta jiddiy reaktsiyalar aniqlangan, shu jumladan, toʻrtta holatda anafilaktik shok yuzaga kelgan va 16 kishi vafot etgan.
"Oʻn oltita jiddiy holatda odamlar vaktsinatsiyadan soʻng turli intervalda vafot etishgan. Ularning oʻrtacha yoshi 86 yoshni tashkil qilgan, ularning aksariyati jiddiy kasalliklarga ega boʻlgan", — deyiladi bayonotda.
Qirgʻiziston Pfizer vaktsinasidan voz kechadi >>>
Swissmedic maʼlumotlariga koʻra, ushbu holatlar tahlili oʻlim sababi vaktsinatsiya boʻlganini isbotlovchi dalillarni aniqlamagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala