Tojikiston oʻzbekistonliklar uchun chegarani qachondan ochadi - vazir izohi

© sputnik Amir IsayevKPP "Patar" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana
KPP Patar na granitse Tadjikistana i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Sal avval tojik OAVlarida respublikalar oʻrtasida erkin harakatlanish Navroʻz bayramiga kelib tiklanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Tojikiston transport vaziri Azim Ibrohim Tojikiston va Oʻzbekiston aholisi qachondan respublikalar oʻrtasida erkin harakatlanishlari mumkinligi borasida izoh berdi.
Pervыy pilotnыy avtobusnыy reys mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom po mejdugorodnemu marshrutu Tashkent-Chimkent zapuщen v pyatnitsu utrom s avtovokzala v stolitse Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston-Qozogʻiston: avtobus qatnovlarini tezroq tiklash masalasi muhokama qilindi
Sal avval tojik OAVlarida Tojikiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari va Oʻzbekiston TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari Farhod Orziyev muzokaralar davomida jumladan, chegaralar ochilishi masalasini ham muhokama qilishgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.
Xususan, respublikalar oʻrtasidagi chegara oʻtkazish punktlari Navroʻzga kelib ochilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.
Tojikiston Transport vazirligi rahbari Sputnik Tojikiston muxbiri bilan suhbatda ikkala davlat oʻrtasidagi munosabatlar "yaqin va doʻstona" ekanligini qayd etib, transport sohasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini, joriy hamkorlik masalalari muhokama etilayotganini qoʻshimcha qildi.
"<...> lekin ikkala davlat oʻrtasida chegara oʻtkazish punktlari ochilishi borasida hozircha muzokaralar olib borilmayapti", - dedi vazir.
Rabota aviadispetcherov v aeroportu Domodedovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.01.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston muntazam avia-qatnovlarni qayta tiklamoqda
Oʻzbekiston bilan chegara "pandemiya yakuniga yetgach", yaʼni epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan soʻng ochiladi, deb qoʻshimcha qildi Azim Ibrohim.
Oʻzbekistonda oʻtgan yil 15 avgust sanasidan boshlab COVID-19 tarqalishiga qarshi joriy etilgan karantin choralari sekin-asta, bosqichma-bosqich yumshatila boshlangan edi. Mahalliy avtotransport harakatlanishi, mahalliy avia- va temir-yoʻl qatnoviga qoʻyilgan taʼqiqlar bekor qilindi.
Joriy yil 28 yanvardan yopiq zallarda kontsert-tomoshalarini oʻtkazishga, 20 fevraldan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar oʻtkazilishiga ruxsat berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala