Oʻzbekistonda Kanada viza markazi ochiladi

© GEOFF ROBINS / AFPParlamentskiy xolm v Ottave, Kanada
Parlamentskiy xolm v Ottave, Kanada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Oʻzbekiston diplomatik missiyasi xabariga koʻra, pandemiya bilan bogʻliq holat yaxshilanganidan soʻng mamlakatda "Kanada viza markazi"ni ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
TOSHKENT, 27 fev - Sputnik. Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, AQShdagi dipmissiya rahbari Javlon Vahobov Oʻzbekistondagi Kanada elchixonasi (Moskvadagi qarorgohi)ning migratsiya boʻyicha maslahatchisi Daniel Unrau bilan muzokaralar oʻtkazgan.
Studentka na zanyatii v meditsinskom universitete - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.10.2020
Jamiyat
Nukusda shifokorlar Kanada standartlari boʻyicha oʻqitiladi
Daniel Unrau Oʻzbekiston tomonidan tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni yuqori baholagan. Xususan, yoshlarni xorijiy davlatlar mehnat bozorida talabgir boʻlgan 20 dan ortiq kasblarga oʻqitish, chet tillarga oʻqitish uchun xorijdan mutaxassislarning mamlakatga jalb etilishini alohida eʼtirof etgan.
Unrauning fikricha, oʻzbek hukumati oʻzining mehnat migrantlarini Kanadaga ham eksport qilishi mumkin, u yerda yuqori malakali tor kasbiy malakaga ega mehnat resurslariga talab yuqori.
Diplomat, shuningdek, Oʻzbekistonda "Kanada viza markazi" ochilishiga ehtiyoj borligini qayd etib oʻtgan.
Ishga marhamat monomarkazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.12.2020
Migratsiya
Uch oyda oʻrgansa boʻladigan "pultopar" hunarlar: "Ishga marhamat" monomarkazidan reportaj
Bunday markazlar bugungi kunda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonda ishlab turibdi, Unrauning fikricha, yana bir vakolatxonaning Oʻzbekistonda ochilishi mamlakatlar oʻrtasida fuqarolar harakatlanishini ancha yengillashtirgan boʻlar edi.
Suhbat chogʻida, Unrau, Kanadada, xususan Kvebek provintsiyasida, frantsuz tilini biladigan chet ellik mehnat muhojirlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Oʻzbekiston hukumati mehnat migrantlariga frantsuz tilini oʻrgatishga alohida eʼtibor qaratishi lozimligini qayd etgan.
Bu tilni bilish nomzodlarni saralash bosqichida qoʻshimcha ball va boshqa afzalliklarni taqdim etishi qoʻshimcha qilingan.
Oʻzbekiston diplomatik missiyasi xabariga koʻra, deb xabar qiladi "Xalq soʻzi" nashri, Unrau bilan muzokaralar natijalariga koʻra, pandemiya bilan bogʻliq holat yaxshilanganidan soʻng Oʻzbekistonda "Kanada viza markazi"ni ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala