Dunyoda

Chexiya prezidenti Putindan “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtish Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman
 Prezident Cheshskoy Respubliki Milosh Zeman - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yoʻlladi va mamlakatga “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻradi.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yoʻllab, undan mamlakatga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini yetkazib berishni soʻradi. Bu haqda Chexiya yetakchisi “CNN Prima” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.02.2021
Rossiya dushmanlari "Sputnik V" yetakchiligidan qoʻrqishadi – RTTIF
Chexiya rahbarining soʻzlariga koʻra, u iltimosni bosh vazir Andrey Babish bilan muvofiqlashtirgan. Zeman Rossiya Chexiyaga vaktsinani yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.
Shuningdek, prezident “Sputnik V”dan Chexiyada foydalanishni maʼqullash uchun milliy regulyator, Dori-darmon nazorati davlat institutining (SUKL) qarori kifoya boʻlishini taʼkidladi. Shu tariqa, mamlakat rahbari YEI regulyatori, Yevropa dori vositalari agentligidan (YEMA) vaktsinani maʼqullashni soʻramasa ham boʻladi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Chexiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 milliondan oshib ketgan. 20 mingdan ziyod bemor virus qurboniga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala