Hodisalar

“Shovotlandiya” kafesiga oʻt qoʻyganganlikda gumonlanuvchi shaxs qoʻlga olindi

© Press-slujba MVD RUzPojar v kafe “Shovotlandiya”
Pojar v kafe “Shovotlandiya” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Aniqlanishicha, besh kishining oʻlimiga sabab boʻlgan kafedagi yongʻin sababchisi muqaddam sudlangan samarqandlik.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Shovotlandiya” kafesiga qasddan oʻt qoʻygan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tezkor qidiruv tadbirlari jarayonida aniqlanishicha, binoga qasddan yongʻin yetkazgan shaxs 2021 yilning 27 fevral kuni soat 03:30 larda “Matiz”da manzilga kelib, bino devorlariga oʻzi bilan olib kelgan shisha idishdagi suyuqlikni sepgan. Soʻng yana bir idishdagi suyuqlikni bino ichkarisiga otgan va alanga chiqishini kuzatgan. Yongʻin sodir boʻlganidan soʻng voqea joyini yashirincha tark etgan.
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Hodisalar
MIBga norozilik sifatida oʻziga oʻt qoʻymoqchi boʻlgan ayol qutqarib qolindi
Ushbu jinoyatni muqaddam Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi (juda koʻp miqdorda bosqinchilik), 168-moddasi 3-qismi (koʻp miqdorda firibgarlik), 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan sudlangan Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi S.F. sodir etilgani aniqlangan va u ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 173-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Shovotlandiya” kafesida chiqqan yongʻin natijasida mazkur kafeda ishlagan va yashagan besh kishi halok boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala