Jamiyat

Oʻzbekiston Tojikistonga yana bir "kovid" shifoxonasi qurib berdi

© Press-slujba mera i pravitelstva Moskvы / Fotobankka oʻtishStatsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom
Statsionar dlya lecheniya zarazivshixsya koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.02.2021
Ushbu majmuada joylashgan koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazi Tojikistonda muqobili yoʻq ekanligi aytilmoqda.
TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Tojikistonning Qubodiyon tumanida  zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi yakunlandi.
Maʼlumki, muassasa Oʻzbekiston taqdim etgan mablagʻlar hisobiga qad rostlagan. “Oʻzbekneftegaz” AJ kompaniyasi qurilishning asosiy homiysi boʻlgan.
Tibbiyot muassasasiga kerakli mebel va zamonaviy asbob-uskunalar keltirilgan. Majmuaning asosiy xususiyati koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun nodir korpusga egaligi. Oʻzbekiston hukumati Tojikiston iltimosiga koʻra majmuada qoʻshimcha ravishda koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazini ham qurib bergan.
Apparat iskusstvennoy ventilyatsii lyogkix (IVL) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.12.2020
Jamiyat
Qirgʻizistonda Oʻzbekiston koʻmagi bilan yana ikkita shifoxona barpo qilindi
Bu yerdagi jihozlar insonda koronavirus infektsiyasi bor-yoʻqligini qisqa vaqt ichida aniqlash va infektsiya aniqlangan bemorlarni malakali yordam olish uchun zudlik bilan hudud va poytaxtdagi shifoxonalarga joʻnatish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, ushbu majmuada joylashgan koronavirus bemorlarini qabul qilish-taqsimlash markazi Tojikistonda yagona hisoblanadi.
Markaz qurilishi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil martda Dushanbega amalga oshirgan tashrifi davomida Oʻzbekiston hukumatining maʼqullangan loyihalaridan biri hisoblanadi. 
Shuningdek, kelishuvlar doirasida 2020 yil sentyabrda Spitamen tumanida qurilishi Oʻzbekiston tomonidan moliyalashtirilgan 630 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktab foydalanishga topshirilgan edi. 
Tojikiston hukumati bunga javoban Samarqandda maktab qurib beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala