O‘zbekistonda ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurish taqiqlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilix domov
Stroitelstvo jilix domov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Obuna bo‘lish
1 martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. 2021-yil 1-martdan ikki qavatdan yuqori bino va inshootlar hamda obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu prezidentning “O‘zbekiston qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
2021 yil 1-martdan boshlab:
a) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda obyektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi;
b) quyidagilar:
  • uy quruvchilar — jismoniy va yuridik shaxslarga, asosiy faoliyat turi sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bundan mustasno, mustaqil ravishda (xo‘jalik usulida), qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzmasdan ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
  • aholi punktlari hududlarining funksional zonalarida joylashgan, bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;
  • loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish);
  • o‘zgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan qurilayotgan bino va inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) ko‘paytirish taqiqlanadi;
v) loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkiloti tomonidan «Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi «Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi, davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspert xulosalari bundan mustasno.
Yangiliklar lentasi
0