Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Bahorning birinchi haftasida qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVesna v Tashkente
Vesna v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Oʻzgidromet haftalik ob-havo toʻgʻrisida maʼlumot berdi. 4-5 martda Oʻzbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomgʻir yogʻadi.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Bugun, bahor faslining birinchi kuni Oʻzbekiston hududida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq boʻladi, bu meʼyordan 2-4 darajaga yuqoridir, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
2 martda respublikada kun davomida havo bulutli boʻlishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15 daraja iliqni tashkil etadi, ammo yogʻingarchilik kutilmaydi.
3 martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, aksariyat viloyatlarda biroz yomgʻir yogʻadi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari  kirib keladi va Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kuzatiladi.
4-5 martda Oʻzbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha hududlarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻli hududlarda 4 martdan 5 martga oʻtar kechasi baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. 5 martda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 3-5 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi, 5 martda 8-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 martda Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala