Jamiyat

Birinchi martdan nimalar oʻzgarmoqda?

© Foto : Gena96Kalendar s chislami
Kalendar s chislami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
1 martdan boshqa hududga borib ishlaydigan oʻqituvchi-pedagoglarga ustamalar toʻlanadi, tadbirkorlarga qator huquqlar beriladi – batafsil maqolada.
TOSHKENT, 1 mar — Sputnik. Adliya vazirligi 1 martdan mamlakat qonunchiligida roʻy beradigan oʻzgarishlar haqida maʼlumot tayyorladi.
1. Boshqa hududga borib ishlaydigan oʻqituvchi-pedagoglarga ustamalar toʻlanadi
Bunda:
  • bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi
2. Tadbirkorlarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni oʻrnatishga ruxsat beriladi
Quyidagilar:
  • yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish;
  • transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash sohasida avtomobil yoʻllarida avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishini tashkil etish.
3. Ayrim taʼlim tashkilotlari xalq taʼlimi sohasidagi xodimlarning malakasini oshiradi
2021 yil 1 martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat taʼlim tashkilotlariga xalq taʼlimi sohasida faoliyat koʻrsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi beriladi.
4. Aliment majburiyatlarini bajarish aliment majburiyatlarni ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi
Bunda:
  • Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari boʻyicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi;
  • aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisobvaragʻi orqali mazkur bank kartasiga oʻtkaziladi.
5. Tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin
Bunda:
  • agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlarning xodimlari akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari tomonidan beriladigan va koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega boʻlishi shart;
  • sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
  • tadbirkorlar tomonidan agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.
6. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanadi
7. Ikki qavatdan yuqori boʻlgan bino va inshootlar ularning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan holda quriladi
8. Qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
9. Bir qator davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonga vizasiz kirishga ruxsat beriladi
Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangan.
10. Kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi
Zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.
11. Qishloq xoʻjaligida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi
Tajriba tariqasida, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala