Birinchi martdan nimalar o‘zgarmoqda?

© Foto : Gena96Kalendar s chislami
Kalendar s chislami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
1 martdan boshqa hududga borib ishlaydigan o‘qituvchi-pedagoglarga ustamalar to‘lanadi, tadbirkorlarga qator huquqlar beriladi – batafsil maqolada.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Adliya vazirligi 1-martdan mamlakat qonunchiligida ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot tayyorladi.
1. Boshqa hududga borib ishlaydigan o‘qituvchi-pedagoglarga ustamalar to‘lanadi
Bunda:
  • bir ma’muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi
2. Tadbirkorlarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatishga ruxsat beriladi
Quyidagilar:
  • yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish;
  • transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash sohasida avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish.
3. Ayrim ta’lim tashkilotlari xalq ta’limi sohasidagi xodimlarning malakasini oshiradi
2021 yil 1-martdan pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlariga xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarning malakasini oshirish huquqi beriladi.
4. Aliment majburiyatlarini bajarish aliment majburiyatlarni ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi
Bunda:
  • Majburiy ijro burosi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtiriladi;
  • aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi.
5. Tadbirkorlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin
Bunda:
  • agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan va ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega bo‘lishi shart;
  • sertifikatlar 3-yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
  • tadbirkorlar tomonidan agent sifatida xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.
6. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar ichki ishlar organlari tomonidan aniqlanadi
7. Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar ularning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan holda quriladi
8. Qattiq maishiy chiqindilarni saralab yig‘ish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
9. Bir qator davlatlar fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilangan.
10. Kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi
Zargarlik sohasida keng imkoniyatlar yaratish uchun “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK tomonidan kumushni birja orqali zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi joriy etiladi.
11. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi
Tajriba tariqasida, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etishga ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0