Xo‘roz panjasiga bog‘langan piska bilan egasini o‘ldirib qo‘ydi

© AFP / YURI CORTEZPetushiniy boy
Petushiniy boy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Hindistonda urishqoq xo‘roz oyog‘iga bog‘langan uzunligi yetti santimetr bo‘lgan piska bilan egasiga zarba beradi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Hindistonda jangchi xo‘roz panjasiga bog‘langan piska bilan egasini urib o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar qildi Hindustan Times nashri.
Petuxi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2020
Filippinlarda jangchi xo‘roz politsiyachini o‘ldirdi
Xo‘roz janglari mamlakat janubidagi Telingana shtatida uyushtirildi. Qayd etilishicha, bunday noqonuniy o‘yinlarda xo‘rozning panjasiga piska mahkamlanadi.
Tanagul Satish o‘z xo‘rozini Jagital shahriga olib keladi. Jang boshlanishidan avval xo‘roz egasidan qochishga urinadi va tasodifan uning sonlari orasiga piska bilan zarba beradi - piskaning uzunligi 7 santimetr bo‘lgan. Satish kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etadi.
Hozir politsiya xo‘roz janglarini uyushtirgan 15 kishini qidirmoqda. Dastlab xo‘roz ham politsiya bo‘limiga olib kelinadi, keyinchalik xo‘roz fermaga olib boriladi. Xo‘roz sudda daliliy ashyo sifatida ko‘rib chiqiladi.
Hindistonda xo‘roz janglari 1960-yillardan beri taqiqlangan, ammo qishloq joylarida baribir noqonuniy tarzda o‘tkazib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabr oyida Toshkent viloyatida xo‘roz o‘yinini tashkil qilgan 120 nafardan ziyod shaxslar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. 
Yangiliklar lentasi
0