https://oz.sputniknews.uz/20210301/Maallalarda-uzuluksiz-videokuzatuv-tizimi-rnatiladi---yangi-onun-16093886.html
Mahallalarda uzuluksiz videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi - yangi qonun
Mahallalarda uzuluksiz videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi - yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, o‘g‘irliklarni oldini olish maqsadida - mahallalarda videokuzatuv tizimi tashkil etiladi. 01.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-01T10:37+0500
2021-03-01T10:37+0500
2021-03-01T10:40+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15190082_0:314:3022:2014_1920x0_80_0_0_0c8667fbba13345bb15d53085ebc84ae.jpg
TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Mahallalarda elektron kuzatuv maskanlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarni tashkil etilda xususiy sektor mablag‘lari jalb etiladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif qilingan yangi qaror loyihasida aytib o‘tilgan.“2021 yil 1-iyun kunidan, mahalla fuqarolar yig‘inlarida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” binolari (yoki yer maydonlari)ni videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish va ular negizida “Elektron kuzatuv maskani” faoliyatini tashkil etish yo‘lga qo‘yilsin. <...> Tadbirkorlik subyektlari Maskanlarda mahallaga kirish ko‘chalarini to‘liq video kuzatuvini amalga oshirishi uchun o‘z hisobidan videokameralar hamda video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatishi va hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan majburiy integratsiyalashi zarur”, - deyilgan qaror matnida.Videokuzatuv tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Maskan joylashgan shoh ko‘chalarning kirish joylariga zamonaviy, IP-texnologiyalariga asoslangan videokuzatuv moslamalari
tungi paytda hududini atrofini yoritish jihozlarini o‘rnatilgan bo‘lishi
videokuzatuv tizimidagi videoarxiv fayllari 30 kundan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi;
videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun 8 soatdan kam bo‘lmagan zaxira elektr ta’minoti (UPS) bo‘lishi;
Videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan integratsiya qilish talablariga javob berishi lozim.
Undan tashqari mahallalar elektron kuzatuv maskanlarida ko‘ngilli yoshlardan iborat guruhlarning soat 20:00 dan 00:00ga qadar navbatchilik qilishini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.Dastlabki bosqichda ushbu tizim respublikadagi 11ta mahallada sinov tariqaisda joriy etilishi rejalashtirilgan.Qarorning to‘liq matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20190822/Toshkentda-avtobuslarga-videokuzatuv-kameralari-rnatish-boshlandi-12286327.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15190082_236:410:2375:2014_1920x0_80_0_0_982c2793cedfe0efa56abd9af2a50334.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat
Mahallalarda uzuluksiz videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi - yangi qonun
10:37 01.03.2021 (yangilandi: 10:40 01.03.2021) Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, o‘g‘irliklarni oldini olish maqsadida - mahallalarda videokuzatuv tizimi tashkil etiladi.
TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Mahallalarda elektron kuzatuv maskanlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlarni tashkil etilda xususiy sektor mablag‘lari jalb etiladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif qilingan yangi qaror loyihasida aytib o‘tilgan.
“2021 yil 1-iyun kunidan, mahalla fuqarolar yig‘inlarida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” binolari (yoki yer maydonlari)ni videokameralar o‘rnatish sharti bilan, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish va ular negizida “Elektron kuzatuv maskani” faoliyatini tashkil etish yo‘lga qo‘yilsin. <...>
Tadbirkorlik subyektlari Maskanlarda mahallaga kirish ko‘chalarini to‘liq video kuzatuvini amalga oshirishi uchun o‘z hisobidan videokameralar hamda video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatishi va hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan majburiy integratsiyalashi zarur”, - deyilgan qaror matnida.
Videokuzatuv tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Maskan joylashgan shoh ko‘chalarning kirish joylariga zamonaviy, IP-texnologiyalariga asoslangan videokuzatuv moslamalari
- tungi paytda hududini atrofini yoritish jihozlarini o‘rnatilgan bo‘lishi
- videokuzatuv tizimidagi videoarxiv fayllari 30 kundan kam bo‘lmagan muddatda saqlanishi;
- videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun 8 soatdan kam bo‘lmagan zaxira elektr ta’minoti (UPS) bo‘lishi;
- Videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismidagi “Vaziyatni kuzatish markazlari” bilan integratsiya qilish talablariga javob berishi lozim.
Undan tashqari mahallalar elektron kuzatuv maskanlarida ko‘ngilli yoshlardan iborat guruhlarning soat 20:00 dan 00:00ga qadar navbatchilik qilishini yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichda ushbu tizim respublikadagi 11ta mahallada sinov tariqaisda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Qarorning to‘liq matni bilan
batafsil quyida tanishish mumkin.