Maxsus ishchi guruh talabalar yashash sharoitini o‘rganish bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishObshejitie
Obshejitie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2021
Obuna bo‘lish
Har bir hududda Ishchi guruh tuziladi. Ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimi joriy etiladi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus ishchi guruhlar talabalar yashash sharoiti va harakatlanishini monitoring qiladi. Bu haqda respublika bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev o‘tkazgan favqulodda yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda jarayonida oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, dekan, shuningdek, yoshlar bo‘yicha yetakchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi tanqid qilingan.
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Toshkentda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topildi
Xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashg‘ul bo‘ladi, bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi, bu talabalarning o‘qish jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda kabi jiddiy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, mas’ullar tomonidan talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari bilan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilmayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.
Muhokama majlisida ijarada turadigan talabalarning va ijara beruvchi fuqarolar o‘rtasida munosabatni shaffoflashtirish, ijara uchun berilgan uy-joylarning holati, ota-onalar va talabalar uchun ijara uchun beriladigan uy-joylar to‘g‘risida yagona axborot tizimini yaratish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Muhokama natijasida quyidagilarni amalga oshirishga kelishib olindi:
  • birinchidan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, IIV, SSV hamda FVV “Talabalar yashash sharoiti va xarakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish” yuzasidan qo‘shma qarorini qabul qilish;
  • qo‘shma qarorda har bir hududda Ishchi guruh tuzib, ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar bo‘yicha o‘rganish tizimini joriy qilish;
  • ikkinchidan, har bir hudud kesimida talabalar turar joylari va ijaradagi talabalarning yashash sharoiti va turar joyi holatini, ayniqsa yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishini to‘liq tanqidiy va tahliliy o‘rganish;
  • uchinchidan, OTM prorektorlarining lavozim vazifalarini qayta ko‘rib chiqib, ularning talabalar turar joyi va ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlash tizimini yaratish;
  • to‘rtinchidan, FVVning joylardagi boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda har bir talabalar turar joyidagi yong‘in xavfsizligi va boshqa texnik xavfsizlik masalalarini o‘rganib chiqish;
  • beshinchidan, talabalarga birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berish;
  • oltinchidan, ijarada turadigan talabalar bilan guruh murabbiylari, profilaktika inspektorlari va mahalla mas’ullari tomonidan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifatini oshirish;
  • yettinchidan, viloyat markazlariga yoki Toshkent shahriga uzoq tumanlar va boshqa viloyatlardan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kelib, ijarada turadigan talabalarni vaqtinchalik ro‘yxatga olish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • sakkizinchidan, OTMlarga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ehtiyojidan kelib chiqib, talabalar turar joylarini qurish yuzasidan ishlab chiqilgan manzilli dasturni takomillashtirish.
Ishchi guruhlar joriy yilning 1-martidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Mazkur masala har hafta Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat va tahlil qilib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uydan besh nafar talabaning jasadi noma’lum moddadan o‘tkir zaharlanish alomatlari bilan topilgan edi.
 
Yangiliklar lentasi
0