Jamiyat

Toshkent tugʻruqxonalarida ishlaydigan 14 kishi javobgarlikka tortildi - DXA

© REUTERS / Antara Foto/Rivan Awal Lingga Novorojdennыe v zaщitnыx maskax v roddome Djakartы, Indoneziya
 Novorojdennыe v zaщitnыx maskax v roddome Djakartы, Indoneziya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.03.2021
Tugʻruqxonalar tomonimdan bola tugʻilishi va oʻlim holatlari haqidagi maʼlumotlar oʻz vaqtida FXDYO tizimiga yuborilmagani sababli - maʼsul xodimlar jarimaga tortildi.
TOSHKENT, 1 mar - Sputnik. Toshkent tugʻruqxonalarida ishlaydigan 14 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi, deb xabar qilmoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati. 
Xabarda aytilishiga koʻra, bunga ushbu xodimlarning tugʻruqxonalarda bola tugʻilishi va oʻlim holatlarini qayd etish bilan bogʻliq majburiyatlarini qonunda belgilangan tartibda bajarmaganligi sabab boʻlgan. 
Xususan, 2021 yilning yanvar oyida 390ta tugʻilish va 3ta perinatal oʻlim haqidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritilmagan boʻlsa, tugʻilganlik haqidagi 888 ta maʼlumot - muddatdan kechiktirib kiritilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, 14 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazo chorasi qoʻllanildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston grezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ–3785-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019 yildan boshlab tibbiyot muassasalari va FHDYO organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim haqida elektron maʼlumot almashish tizimi joriy etilgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qaroriga asosan, tibbiyot muassasasi tomonidan ota-ona va bola haqidagi barcha maʼlumotlarni elektron shaklda “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishi va maʼlumotlar avtomatik tarzda FHDYO boʻlimiga yuborilishi belgilangan.
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala